Toshkentda ko‘p qavatli uylar orasida kichik o‘rmonchalar barpo etiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovVid na gorod Tashkent s visoti
Vid na gorod Tashkent s visoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda ko‘p qavatli uylar orasida mikroo‘rmonlar, asfaltlangan joylarda esa maxsus tuvaklarda kichik bog‘lar barpo etiladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Prezidentning 23-sentabrdagi "Yashil makon" farmonini amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Hujjatda shaharni ko‘kalamzorlashtirishning bir qator choralari belgilangan.
Yer maydoni cheklangan mahallalar, ko‘p qavatli uylar orasi, maktab va bog‘chalar hovlisida 200–1000 kvadrat metrlik mikroo‘rmonlar barpo etiladi. Har kvadrat metrga kamida ikkita daraxt va buta ko‘chati zich, qatlamlab ekiladi.
Yer ajratish imkoni bo‘lmagan yoki asfalt va beton bilan qoplangan joylarda katta hajmli ko‘chat tuvaklari o‘rnatilib, kichik jamoat bog‘lari yaratiladi. Ko‘chatlarni O‘rmon agentligi yetkazib beradi, parvarishga mahalla aholisi jalb qilinadi. Har bir bog‘ uchun sug‘orish va parvarishlashga mas’ul belgilanadi.
2027 yil 1-yanvardan "Yashil lot" tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra, yer uchastkalari fuqarolar va tashkilotlarga shartnoma asosida bog‘ barpo etish uchun ajratiladi. Bunday yerlar xususiy mulkka o‘tkazilmaydi, ularda qurilish taqiqlanadi, aholining erkin foydalanishi cheklanmaydi.
Tumanlarning "yashil dastur"lari 1-noyabrgacha ishlab chiqilishi kerak. Ularda soyali sayr ko‘chalari, ko‘llar hamda yomg‘ir, qor va oqova suvlarini to‘plashga mo‘ljallangan sug‘orish tizimlari nazarda tutiladi.
Yangihayot tumanida ekologik jamg‘arma mablag‘lari hisobidan "yashil dastur"ni amalga oshirish ishlari uch oy ichida boshlanishi belgilangan.
Toshkentda kuzgi ko‘chat ekish mavsumi 10-noyabrdan boshlanadi. 2027-yildan mahallalarga o‘rmonchi-murabbiylar biriktirilib, ko‘chat ekish va parvarishlash bo‘yicha o‘quvlar o‘tkaziladi.
Gissarskiy gosudarstvenniy gorno-archoviy zapovednik Xisor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2026
Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yangi tabiat bog‘lari tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0