Banknotlarda lotin yozuvi, pulni bepul maydalatish: yangi qoidalar belgilandi

© Sputnik / Baxrom XatamovUzbekskie sumi
Uzbekskie sumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda banknot va tangalardagi yozuvlar, naqd pul berish va kupuralarni komissiyasiz almashtirish bo‘yicha yangi talablar 2027-yildan kuchga kiradi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekistonda banknot va tangalarga qo‘yiladigan talablar, banklar tomonidan naqd pul berish va kupuralarni almashtirish tartibi belgilandi. Bu Adliya vazirligida 17-noyabr kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi yo‘riqnomada nazarda tutilgan.
Yangi talablarga ko‘ra, banknot va tangalardagi barcha yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi shart.
Banknotlarda seriya va raqam, nominal qiymatning so‘z bilan ifodasi, pulning barcha to‘lovlar uchun majburiy qabul qilinishi hamda uni qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik haqidagi yozuvlar bo‘lishi lozim.
Pul belgilarining dizaynida O‘zbekiston tarixi, milliy madaniyati, buyuk allomalar va mamlakat yutuqlarini aks ettiruvchi tasvirlardan foydalaniladi. Ular xavfsiz xomasholardan tayyorlanishi va zamonaviy himoya elementlariga ega bo‘lishi kerak.
Markaziy bank va tijorat banklari fuqarolarning talabiga ko‘ra, bir nominaldagi banknot yoki tangalarni boshqa nominaldagi pullarga hech qanday komissiyasiz almashtirib berishi shart.
Masalan, 100 ming so‘mlik kupurani mayda pullarga yoki mayda kupuralarni yirik nominaldagi pullarga bepul almashtirish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, banklar aholi va tadbirkorlarning hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida naqd pul olish talablarini birinchi murojaatning o‘zida qondirishi lozim.
Bankomatlarda naqd pul yetishmasligining oldini olish ham banklar zimmasiga yuklatiladi. Ular bankomatlardagi pul aylanmasini muntazam kuzatib, zarur hollarda qo‘shimcha naqd pul bilan ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak.
Yangi banknot yoki tangalar muomalaga chiqarilishidan kamida bir hafta oldin aholiga bu haqda xabar beriladi.
Yo‘riqnoma 2027-yil 19-fevraldan kuchga kiradi.
Sostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Oʻ, Gʻ, Sh va Ch yangicha yoziladi — alifbo islohotini Senat ham ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0