Gaz o‘rniga ko‘mir: “Azot Sintezgaz. O‘zbekiston va MDH” kongressida nimalar muhokama qilindi

© Sputnik/Zafar Xalilov
Obuna bo‘lish
“Azot Sintezgaz. O‘zbekiston va MDH” 5-yubiley xalqaro kongressida ma’ruzachilar tannarxni qat’iy belgilagan holda ko‘mirni qayta ishlashdan tortib, imtiyozli tayyor maydonlargacha bo‘lgan amaliy yechimlarni taqdim etdi/
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. 18–19 noyabr kunlari Toshkentdagi kongressda tabiiy gazni foydali kimyo mahsulotlariga qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi soha yetakchilari to‘plandi, deb xabar bremoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“O‘zkimosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Korjikov kimogarlar tabiiy gaz narxining keskin o‘zgarishlariga qaramlikni qanday kamaytirishni tushuntirdi.

5-y yubileyniy mejdunarodniy kongress "Azot Sintezgaz. Uzbekistan i SNG"
© Sputnik / Almir Gilmanshin
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘mirni sintez-gaz va sintetik tabiiy gazga (SNG) chuqur qayta ishlash uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqishga nisbatan foydali ish koeffitsiyentini oshirish bilan birga, xomashyo tannarxini 30–40 yilga muayan darajada ushlab turish, shu bilan bir qatorda, talabgir sulfat kislota hamda kul va shlakdan qurilish materiallari olish imkonini beradi.
Angrenda qurilish, oziq-ovqat sanoati va “yashil” energetika uchun PVX hamda polimerlar ishlab chiqarish majmuasi loyihasining ishlab chiqilayotgani e’tiborga molik yangiliklar sirasiga kiradi.

5-y yubileyniy mejdunarodniy kongress "Azot Sintezgaz. Uzbekistan i SNG"
© Sputnik / Almir Gilmanshin
“Chirchiq” kimyo sanoati texnoparki direktori Jasur Muhamedov tadbirkorlar dastlabki bosqichda ortiqcha xarajatlarsiz ishlab chiqarishni qanday qilib tezroq yo‘lga qo‘yishlari mumkinligini ko‘rsatib berdi.
“Chirchiq” va “Jizzax” texnoparklarida rezidentlarga tayyor kommunikatsiya tarmoqlari, zarur infratuzilma hamda erkin iqtisodiy zonalar rejimiga tenglashtirilgan imtiyozlar, jumladan, mol-mulk, yer va suvdan foydalanganlik uchun soliqlardan ozod etish imkoniyati taklif qilinmoqda.
Har ikki texnoparkda qariyb 115 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga 34 ta loyiha ishga tushirib bo‘lingan, yil oxirigacha esa yana yettitasi, shu jumladan, avtosanoatga oid loyihalar ochilishi rejalashtirilgan.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin ikki mamlakat orasidagi o‘zaro savdo hajmi o‘sganiga e’tibor qaratdi — 2026-yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 24 foizga oshdi.
Kaminin hamkorlikning asosiy ishtirokchilaridan biri sifatida Rossiyaning “Sibur” neft-gaz-kimyo kompaniyasini tilga oldi. Ushbu kompaniya quvurlar, polipropilen matolar, gilamlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda talab yuqori bo‘lgan xomashoni yetkazib beradi.

5-y yubileyniy mejdunarodniy kongress "Azot Sintezgaz. Uzbekistan i SNG"
© Sputnik / Almir Gilmanshin
"Sibur" ko‘plab sohalarda, jumladan, quvurlar, polipropilen matolar va gilamlar ishlab chiqarishda talabgir bo‘lgan kimyo sanoati xomashosini yetkazib beradi. O‘zbekiston ushbu turdagi mahsulotlarning ancha yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi ularni bajonidil xarid qiladi. Ularning yuqori sifati esa hali Sovet Ittifoqi davridanoq mashhur”, — dedi RF savdo vakili o‘rinbosari.
2026 yil aprel oyida Navoiy viloyatida “Arnest” guruhining taniqli brendlar turkumiga ega va mahsulotining 70 foizgacha qismini eksport qilishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda Bekobodda 100 gektar maydonda yangi texnopark qurilishini boshlash hamkorlikning so‘nggi yorqin misollari qatoriga kiradi.
“Joriy yilning 21-oktabr kuni Bekobodda O‘zbekiston-Boshqirdiston texnoparki qurilishi boshlandi. Loyiha doirasida umumiy maydoni qariyb 100 gektar bo‘lgan sanoat hududini tashkil etish ko‘zda tutilgan. 2028-yilga qadar umumiy qiymati 200 mln dollarga teng bo‘lgan 25 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish va 2 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan”, – dedi Kaminin.
Shuningdek, kongress doirasida gaz kimosi va o‘g‘itlar ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha texnologik yechimlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish hamda yangi avlod katalizatorlarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Alohida sessiyalar O‘zbekiston va MDH mamlakatlari kimyo sanoatining kelgusidagi o‘sishiga qanday texnologiyalar hamda infratuzilmaviy yechimlar asos bo‘la olishi masalasiga bag‘ishlandi.
