OAV: O‘zbekiston uran qazib olishda dunyo yetakchilaridan biri, Kanadadan o‘zib ketishi mumkin

© GP "Navoiyuran"Uzbekistan planiruyet uvelichit dobichu urana do 15 tisach tonn k 2030 godu
Uzbekistan planiruyet uvelichit dobichu urana do 15 tisach tonn k 2030 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 2030-yilgacha uran qazib olish bo‘yicha belgilangan rejasi Kanadaning 2024-yilgi natijasidan yuqori.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston 2030-yilga borib uran qazib olish hajmi bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan Kanadaning 2024-yilgi ko‘rsatkichidan o‘zib ketishi mumkin. Bunga Kanadaning "The Northern Miner" ixtisoslashgan nashri e’tibor qaratdi.
Nashrning yozishicha, O‘zbekiston uran ishlab chiqarishni ikki barobar oshirib, 2030-yilgacha yiliga 15 ming tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu Kanadada 2024-yil davomida qazib olingan uran hajmidan ham ko‘p.
Jahon yadro assotsiatsiyasi (World Nuclear Association) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda uran qazib olish bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlari quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etgan:
Qozog‘iston — 23 270 tonna;
Kanada — 14 309 tonna;
Namibiya — 7 333 tonna;
Avstraliya — 4 598 tonna;
O‘zbekiston — 4 000 tonna (taxminiy baholash).
Shu tariqa, Kanada 2024-yilda jahon uran qazib olish hajmining 24 foizini ta’minlab, Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.
Qayd etish joiz, Kanada ko‘p yillar davomida uran qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bo‘lgan. Faqat 2009-yilga kelib Qozog‘iston undan o‘zib ketgan.
O‘zbekistonda uran qazib olish hajmi jadal o‘smoqda. 2025-yilda mamlakatda 7 ming tonna uran ishlab chiqarilgan. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni 15 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Bu rejalarni amalga oshirish uchun yangi konlarni o‘zlashtirish, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
"The Northern Miner" nashri yana bir qiziq jihatga e’tibor qaratdi. Joriy yilning mart oyida O‘zbekistonda 2026-yil davomida 8 ming tonna uran qazib olish vazifasi belgilangan edi. Biroq 5-noyabrda e’lon qilingan rasmiy ma’lumotda bu ko‘rsatkich 7,5 ming tonna deb ko‘rsatildi. Nashrning qayd etishicha, 500 tonnalik farq sabablari ochiqlanmagan.
Shuningdek, 2030-yilgacha O‘zbekistonda aniqlangan uran zaxiralarini 200 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Vivoz uranovogo grunta pogruzochno-dostavochnoy mashinoy PD-2E na rudnike Glubokiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
O‘zbekiston 2030-yilgacha uran qazib olishni ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0