https://oz.sputniknews.uz/20261106/ozbekiston-uran-61779359.html
O‘zbekiston 2030-yilgacha uran qazib olishni ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston 2030-yilgacha uran qazib olishni ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi yillarda jahonda uran xomashosiga talab 15−20% ga oshgan. 06.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-06T09:28+0500
2026-11-06T09:28+0500
2026-11-06T09:28+0500
iqtisod
o‘zbekiston
uran
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0b/45593881_0:157:3083:1891_1920x0_80_0_0_452838d3ba8823769a7a14625c4aef6a.jpg
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilgacha muhim metallar bo‘yicha ishlab chiqarish hajmini 2,7 milliard dollardan oshirish va uran qazib olishni ikki baravarga ko‘paytirib, 15 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga "Navoiyuran" korxonasi va "O‘zbekiston texnologik metallar kombinati" AJning 2026-yildagi ustuvor vazifalari bo‘yicha taqdim etilgan hisobotda ma’lum qilindi.Taqdimotda ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda jahonda uran xomashosiga talab 15−20% ga oshgan. 2030-yilgacha esa yana 28% ga o‘sishi kutilmoqda.2026 yilda "Navoiyuran" geologiya-qidiruv va burg‘ulash ishlarini kengaytirishi, qo‘shimcha sorbsiya qurilmalarini ishga tushirishi va 250 ta yangi ish o‘rni yaratishi rejalashtirilgan.Prezident ishlab chiqarishda muqobil texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish va 2030-yilgacha sulfat kislotasi o‘rnini bosuvchi reagentlar ulushini 40% ga yetkazish zarurligini ta’kidladi.O‘zbekiston texnologik metallar kombinati hozirda volfram, molibden, selen, tellur va reniy ishlab chiqaradi. Kombinatga ularga qo‘shimcha ravishda nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganes, platina, vanadiy, simob va mis ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.2030 yilgacha 16 turdagi muhim metallar ishlab chiqarish hajmini 2,7 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260616/ozbekiston-muhim-minerallar-58363827.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0b/45593881_177:0:2908:2048_1920x0_80_0_0_6da7f59ecc3f114148a18f3dbfae7726.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, uran
iqtisod, o‘zbekiston, uran
O‘zbekiston 2030-yilgacha uran qazib olishni ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda
So‘nggi yillarda jahonda uran xomashosiga talab 15−20% ga oshgan.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilgacha muhim metallar bo‘yicha ishlab chiqarish hajmini 2,7 milliard dollardan oshirish va uran qazib olishni ikki baravarga ko‘paytirib, 15 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga "Navoiyuran" korxonasi va "O‘zbekiston texnologik metallar kombinati" AJning 2026-yildagi ustuvor vazifalari bo‘yicha taqdim etilgan hisobotda
ma’lum qilindi.
2030 yilgacha uran ishlab chiqarish hajmini joriy yildagi 7,5 ming tonnadan 15 ming tonnaga, aniqlangan zaxiralarni esa 200 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Taqdimotda ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda jahonda uran xomashosiga talab 15−20% ga oshgan. 2030-yilgacha esa yana 28% ga o‘sishi kutilmoqda.
2026 yilda "Navoiyuran" geologiya-qidiruv va burg‘ulash ishlarini kengaytirishi, qo‘shimcha sorbsiya qurilmalarini ishga tushirishi va 250 ta yangi ish o‘rni yaratishi rejalashtirilgan.
Prezident ishlab chiqarishda muqobil texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish va 2030-yilgacha sulfat kislotasi o‘rnini bosuvchi reagentlar ulushini 40% ga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati hozirda volfram, molibden, selen, tellur va reniy ishlab chiqaradi. Kombinatga ularga qo‘shimcha ravishda nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganes, platina, vanadiy, simob va mis ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
2030 yilgacha 16 turdagi muhim metallar ishlab chiqarish hajmini 2,7 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilgan.