Olimlar O‘zbekistonda quyosh energetikasiga yangicha yondashuvni taklif etishdi

© press-slujba NITU MISIS / Sergey GnuskovUchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane
Uchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyalik olimlar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan yarim shaffof quyosh panellarini O‘zbekistonda sinab ko‘rish uchun hamkorlar izlamoqda.
Yangi avlod quyosh panellarini ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekistonda xaridorgir bo‘lishi mumkin, dedi "MISiS" Milliy tadqiqot texnologik universitetining Istiqbolli quyosh energetikasi laboratoriyasi rahbari, texnika fanlari doktori Danila Saranin Sputnik bilan suhbatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday panellarni ishlab chiqarish arzonroqqa tushadi va ular an’anaviy yechimlarga qaraganda samaraliroqdir — bu esa mamlakat uchun quyosh elektr energiyasini yanada hamonbop qilishi mumkin.
© press-slujba NITU MISIS / Sergey GnuskovUchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane
Uchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Uchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane
— Danila Sergeyevich, quyosh panellarini ishlab chiqarish texnologiyangiz o‘zi qanday va nima uchun u O‘zbekistonda talabgir bo‘lishi mumkin?
— Mazkur texnologiya O‘zbekiston uchun katta salohiyatga ega, chunki mamlakat arzon elektr energiyasiga muhtoj. Mavjud tarmoqlarga samarali integratsiya qilingan quyosh generatsiyasi esa dolzarb vazifa hisoblanadi. Quyoshning borligi o‘z-o‘zidan arzon elektr energiyasini kafolatlamaydi — energetika tizimi samarali tashkil etilishi va an’anaviy energetika bilan raqobatlasha olishi kerak.
Aynan shu maqsadda biz shaharlarda quyoshdan elektr energiyasi olish imkoniyatlarini kengaytiruvchi texnologiyani taklif etmoqdamiz. Odatda quyosh energetikasi deganda ko‘z oldimizga quyosh batareyalari joylashgan dalalar keladi. Biroq hozirda parallel ravishda boshqa yechimlar yo‘nalishi ham rivojlanmoqda: bunda panellar binoning tomi yoki fasadiga o‘rnatiladi yoxud yarim shaffof oyna ko‘rinishida tayyorlanadi. Oxirgi usulni avvallari an’anaviy kremniy texnologiyasi yordamida amalga oshirib bo‘lmas edi. Yarimo‘tkazgichli material — perovskit tufayli buning imkoni paydo bo‘ldi.
© press-slujba NITU MISIS / Sergey GnuskovUchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane
Uchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Uchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane
— Perovskitlar o‘zi nima va ularning an’anaviy yechimlardan afzalligi nimada?
— Bular qalinligi bir mikrondan ham kichik bo‘lgan yupqa plonkalardir. Ular juda yupqa bo‘lgani bois, panelni yarim shaffof qilish, pigment qo‘shish orqali unga maxsus rang berish yoki shu darajada shaffof qilish mumkinki, hatto oyna fasadga qaragan odam bu quyosh batareyasi ekanini xayoliga ham keltirmaydi.
Bundan tashqari, perovskitlar o‘zining yarimo‘tkazgichlik xususiyatlari hisobiga kremniyga nisbatan bir sutkada ham, bir yilda ham ko‘proq energiya ishlab chiqarish imkonini beradi: ularda yorug‘likni yutish koeffitsiyenti bir necha barobar yuqori. Tarqoq yorug‘likda va bulutli ob-havoda ham ular energiya to‘plashda davom etadi, kremniyda esa bunday paytda yo‘qotishlar katta bo‘ladi. Bundan besh yil avval bunday materiallar yorug‘lik ta’sirida — murakkab korroziya jarayonlari tufayli o‘z rangini yo‘qotar edi. Hozirga kelib olimlar korroziyaning oldini olish maqsadida materialni yemirilishdan himoya qilishning maxsus usullari, ya’ni passivatsiya metodlarini ishlab chiqishdi va perovskit batareyalari tajriba-sinov tariqasida ishlab chiqarish bosqichiga qadam qo‘ydi.
Bu — yuqori samaradorlik dizaynerlik va konstruktorlik yechimlariga zid kelmay, aksincha, ular bilan uyg‘unlashib ketgan ayni holatdir.
— Perovskitning iqtisodiy afzalligi haqida gapirish mumkinmi?
© press-slujba NITU MISIS / Sergey GnuskovUchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane
Uchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Uchenie predlojili noviy podxod k solnechnoy energetike v Uzbekistane
— Tannarxni muayan bir hududda butun logistika tizimi yo‘lga qo‘yilgandan keyingina taqqoslash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, perovskit kremniydan arzonroq — eritmalardan bosib chiqarish jarayoni monokristallarni o‘stirish, vakuum va yuqori haroratni talab qilmaydi. Lekin perovskit hali kremniy kabi yuzlab gigavattlik bozorga ega bo‘lmagani sababli, buni allaqachon ro‘yobga chiqqan voqelik deb atashga hali erta — hozircha gap faqat salohiyat haqida bormoqda.
— Laboratoriyangiz bozorga aniq nimalarni taklif etmoqda va sizning panellaringiz boshqa ishlab chiqaruvchilarning ishlanmalaridan nimasi bilan farq qiladi?
— Bugungi kunda dunyoda — Osiyo, Yevropa, Amerika va hatto Avstraliyada yigirmadan ortiq konveyer liniyalari mavjud. Ularning barchasi ekstruzion bosma (ya’ni bosmaxonadagi kabi eritmani qolip orqali siqib chiqarib, materialni yuzaga surtish) asosida ishlaydi, ammo har kimning o‘z retsepturasi bor. Dunyo ham yarim shaffof batareyalarni taklif etayotgan ekan, biz jahon bozoriga nima bera olamiz? Biz qiziganda raqobatchilarimizniki kabi quvvatini yo‘qotmaydigan batareyalarni taklif qilyapmiz. Bizda maxsus barqarorlashtirilgan elektrodlar (panel ichidagi qatlamlar) va buferlar mavjud bo‘lib, ular quyosh batareyasining juda uzoq muddat xizmat qilishiga zamin yaratadi.

— Texnologiya bozorga chiqishga qanchalik tayyor va amalda nimalarni sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘lindi?
— Panellardan iborat tajriba fotoelektr tizimimiz hozirda Moskvadagi "Sber Siti" hududida, binolardan birining tomida sinov tariqasida ishlatilmoqda. U yerda yangi energiya tizimlari, jumladan, quyosh panellari shunchaki ko‘rgazma uchun emas, balki real samaradorlikka erishish maqsadida joriy etilmoqda. Bu esa panellar real sharoitlarda o‘zini qanday tutishini va uzilishlar yuz berish-bermasligini kuzatish uchun zarur.
Bungacha biz bir qator malaka sinovlaridan o‘tdik: termotsikllash (panellarni haroratning keskin o‘zgarishiga chidamliligini tekshirish) va ultrabinafsha nurlari ta’sirini sinadik, shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotda FIK (foydali ish koeffitsiyenti) 20 foizdan yuqori ekanini tasdiqladik. Universitet devorlari orasida paydo bo‘lgan texnologiya uchun ancha uzoq yo‘lni bosib o‘tdik, biroq oldinda hali qilinadigan ishlar ko‘p. Bir necha megavatt quvvatga ega zavod qurish uchun jiddiy investitsiyalar kiritish va barcha xavflarni bartaraf etish talab etiladi. Xususiyatlarni faqat prototiplarda tasdiqlashning o‘zi kamlik qiladi — tizim og‘ir sharoitlarda va real miqyosda ishlab ko‘rishi shart. Bu sanoatning qat’iy talabidir.
— Panellaringizni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkinmi va buning uchun nimalar kerak bo‘ladi?
— Bu mumkin. Buning uchun asosiy kapital xarajatlar, shuningdek, perovskitning o‘ziga xos jihatlarini puxta egallagan texnologlar jamoasi kerak — zero, bu kremniydan tubdan farq qiluvchi mutlaqo yangi texnologiyadir. O‘zbekistonda konveyerli zavodni ishga tushirishning birdan-bir maqbul yo‘li — bu hamkorlik o‘rnatish hamda soha mutaxassislarini tayyorlaydigan universitet muhitini shakllantirish.
Ayni damda esa biz O‘zbekistonda quyosh panellarimizni tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun hamkorlar izlamoqdamiz. Qayta aloqa o‘rnatish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va yarim shaffof perovskit panellari quyoshli O‘zbekiston sharoitida — jumladan, binolarning shimoliy tomonida hamda yarim soyada ham samarali ekanini tasdiqlash niyatidamiz.
Master osmatrivayet solnechnie batarei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2026
Yangi daromad manbai: “og‘ir” mahallalarda quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi
Yangiliklar lentasi
0