Yangi daromad manbai: “og‘ir” mahallalarda quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMaster osmatrivayet solnechnie batarei
Master osmatrivayet solnechnie batarei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2026
Obuna bo‘lish
Prezident qaroriga ko‘ra, “og‘ir” mahallalarda 300–500 kVt quvvatli kichik quyosh elektr stansiyalari barpo etilib, loyiha uchun 110 million dollar ajratiladi
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. "Og‘ir” mahallalarda kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 300–500 kVt quvvatli kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish choralari belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli prezident qarori qabul qilindi.
Loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 110 mln dollar ajratilishi nazarda tutilgan. Kichik quyosh elektr stansiyalari mahallalar uchun daromad keltiradigan aktiv sifatida ishlaydi.
Qarorga muvofiq, 1 oy ichida quyidagilarni qamrab olgan alohida qaror loyihasi kiritiladi:
QESlarni loyihalash, davlat ekspertizasidan o‘tkazish va tender orqali pudratchini aniqlash;
Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish va obyektlarni foydalanishga qabul qilish;
Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash mexanizmini belgilash.
Menedjer s kalkulyatorom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2026
Ijtimoiy reyestr: oilalar 3 toifaga ajratiladi, nafaqa tartibi o‘zgardi
Yangiliklar lentasi
0