O‘zbekiston va O‘mon munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga qaror qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Sultan Omana Xeysam bin Tarik Al Said proveli vstrechu v uzkom sostave
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Sultan Omana Xeysam bin Tarik Al Said proveli vstrechu v uzkom sostave  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Obuna bo‘lish
Tashrif arafasida O‘zbekiston tomoni imtiyozli savdo bo‘yicha muzokaralarni dekabrda boshlash va 200 ta tarif pozitsiyasiga imtiyoz berishni taklif qildi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga qaror qildi. Bu haqda Masqatdagi o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki rahbar qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston–O‘mon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini ikki barobar oshirib, 500 mln dollarga yetkazish masalasini muhokama qildi.
Ular O‘mon mablag‘lari ishtirokida tuzilgan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya jamg‘armasini tezroq ishga tushirish muhimligini ham ta’kidladi.
Savdoga oid takliflar tashrif arafasida, 15-noyabr kuni Masqatda o‘tgan hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishida muhokama qilingan.
O‘mon axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov imtiyozli savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarni dekabrda boshlashni taklif qildi. Uning taklifiga ko‘ra, bojxona imtiyozlari 200 ta tarif pozitsiyasini qamrab olishi mumkin.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Sultan Omana Xeysam bin Tarik Al Said proveli peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Sultan Omana Xeysam bin Tarik Al Said proveli peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Sultan Omana Xeysam bin Tarik Al Said proveli peregovori s uchastiyem chlenov ofitsialnix delegatsiy
Sammitda transport va logistika, energetika, elektrotexnika, kimyo va tog‘-kon sanoati qo‘shma loyihalar uchun ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi. Rahbarlar qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va turizm bilan bir qatorda kosmik tadqiqotlar hamda raqamlashtirish sohalarida ham hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Madaniy hamkorlik bo‘yicha takliflar orasida noyob qo‘lozmalarni raqamlashtirish va birgalikda o‘rganish, ikki mamlakatning qadimiy shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bor.
Shuningdek, madaniyat va san’at haftaliklarini o‘tkazish hamda yoshlar forumini tashkil etish taklif qilindi.
Muzokaralar yakunida rahbarlar kelishuvlarni amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengash ishini yo‘lga qo‘yishga kelishdi. Mirziyoyev O‘mon sultonini davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga taklif qildi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev pribil s gosudarstvennim vizitom v Sultanat Oman - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Mirziyoyevning O‘monga tashrifi: qo‘shma loyihalar, biznes bilan uchrashuv va oliy mukofotlar
Yangiliklar lentasi
0