Mirziyoyevning O‘monga tashrifi: qo‘shma loyihalar, biznes bilan uchrashuv va oliy mukofotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev pribil s gosudarstvennim vizitom v Sultanat Oman
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev pribil s gosudarstvennim vizitom v Sultanat Oman - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Obuna bo‘lish
Maskatda qo‘shma investitsiya kompaniyasi kapitalini oshirish, yangi loyihalar va ishbilarmonlar kengashi faoliyati muhokama qilindi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘monga davlat tashrifining birinchi kunida sulton Haysam bin Toriq Ol Said bilan uchrashdi hamda yirik biznes vakillarini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Biznes vakillari bilan muloqotda O‘zbekiston — O‘mon investitsiya kompaniyasi ustav kapitalini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tog‘-kon, “yashil” energetika, elektrotexnika, kimyo, shaharsozlik, transport va logistika, infratuzilma hamda qishloq xo‘jaligida qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘mon Investitsiyalar agentligi prezidenti Abdusalom al-Murshidiy, Savdo-sanoat palatasi hamda “SABCO Group”, “Voltamp Energy”, “Asyad Group”, “Zubair Corporation” va “UzOman” kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirkorlar o‘rtasida bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yishda yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston — O‘mon ishbilarmonlar kengashining ahamiyati qayd etildi. Tashabbuslarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzish va natijalarni har chorakda muhokama qilishga kelishildi.
“Al-A’lam” saroyidagi uchrashuvda Mirziyoyev va Haysam bin Toriq Ol Said siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar kengayib borayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Masqat aeroportida Mirziyoyevni sultonning shaxsan o‘zi kutib oldi.

Tashrif doirasida ikki davlat rahbari oliy mukofotlar bilan taqdirlandi. O‘mon sultoni Mirziyoyevga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Ol Said” ordenini topshirdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti sultonni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
Sostoyalos shestoe zasedanie Uzbeksko-Omanskoy mejpravitelstvennoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
O‘zbekiston va O‘mon 5 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzolashga tayyorlanmoqda
Yangiliklar lentasi
0