https://oz.sputniknews.uz/20261116/uzbekistan-oman-kelishuvlar-62030931.html
O‘zbekiston va O‘mon 5 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzolashga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston va O‘mon 5 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzolashga tayyorlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va O‘mon 5 mlrd dollarlik loyihalarga oid 30 ga yaqin hujjatni imzolashga tayyorladi. Tomonlar savdo hajmini 500 mln dollarga yetkazish, qo‘shma investitsiyalarni ko‘paytirish va Ummon portlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.
2026-11-16T09:14+0500
2026-11-16T09:14+0500
2026-11-16T13:23+0500
savdo
iqtisod
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
laziz qudratov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/10/62030760_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_82ed5b411acaed4ce08555e8a11f9e4e.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida umumiy qiymati qariyb 5 mlrd dollarlik loyihalar va shartnomalarga oid 30 ga yaqin hujjat imzolash uchun tayyorlandi. Bu haqda O‘mon Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovga tayanib xabar berdi.Hujjatlarni prezident Shavkat Mirziyoyevning 16–17 noyabr kunlari O‘monga davlat tashrifi davomida imzolash rejalashtirilgan.Yig‘ilishga Laziz Qudratov va O‘monning savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Anvar bin Hilol al-Jabriy hamraislik qildi.O‘zaro savdoni 500 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.Qudratovning ma’lum qilishicha, 2025-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,3 mln dollarni tashkil etgan. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida esa bu ko‘rsatkich 3,3 mln dollarga yetgan.Tomonlar kelgusi yillarda o‘zaro savdo hajmini 500 mln dollarga yetkazishni maqsad qilgan.O‘mon axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar imtiyozli savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarning asosiy shartlarini kelishib olgan. Birinchi muzokara bosqichini 2026-yil dekabrida o‘tkazish taklif qilingan. Imtiyozlar 200 ta tovar pozitsiyasini qamrab olishi ko‘zda tutilmoqda.O‘zbekiston O‘monga oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavot, mis, alyuminiy, to‘qimachilik mahsulotlari, elektr va maishiy texnika, kimyo sanoati mahsulotlari eksportini kengaytirishdan manfaatdor.O‘z navbatida, Ummondan shakar, polimerlar, neft mahsulotlari, moylash materiallari va alyuminiy mahsulotlari importini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.Investitsiyalar va yangi savdo yo‘laklariTomonlar O‘zbekiston–O‘mon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini ikki baravar oshirib, 500 mln dollarga yetkazish tashabbusini ham muhokama qildi.Qo‘shma loyihalarni energetika, geologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika, avtomobilsozlik va raqamli texnologiyalar sohalarida amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Tomonlar 2026-yil iyulida yo‘lga qo‘yilgan Maskat–Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlaridan ham samarali foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.Yig‘ilish yakunida ikki mamlakat vazirlari muhokamalar natijalari va kelishilgan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydigan bayonnomani imzoladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260512/saidov-kuwait-singapore-iran-oman-muloqotlar-57500359.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/10/62030760_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_7c00c780c8fdc6933523d8e6651875b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
savdo, iqtisod, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, laziz qudratov
savdo, iqtisod, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, laziz qudratov
O‘zbekiston va O‘mon 5 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzolashga tayyorlanmoqda
09:14 16.11.2026 (yangilandi: 13:23 16.11.2026) Mirziyoyevning O‘monga tashrifi oldidan 5 mlrd dollarlik loyiha va shartnomalarga oid 30 ga yaqin hujjat imzolash uchun tayyorlandi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida umumiy qiymati qariyb 5 mlrd dollarlik loyihalar va shartnomalarga oid 30 ga yaqin hujjat imzolash uchun tayyorlandi. Bu haqda O‘mon Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovga tayanib
xabar berdi.
Hujjatlarni prezident Shavkat Mirziyoyevning 16–17 noyabr kunlari O‘monga davlat tashrifi davomida imzolash rejalashtirilgan.
Bu haqda 15-noyabr kuni Maskat shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Ummon hukumatlararo komissiyasining iqtisodiy va savdo hamkorligi bo‘yicha oltinchi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishga Laziz Qudratov va O‘monning savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Anvar bin Hilol al-Jabriy hamraislik qildi.
O‘zaro savdoni 500 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Qudratovning ma’lum qilishicha, 2025-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,3 mln dollarni tashkil etgan. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida esa bu ko‘rsatkich 3,3 mln dollarga yetgan.
Tomonlar kelgusi yillarda o‘zaro savdo hajmini 500 mln dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
Shu maqsadda imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va texnik to‘siqlarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
O‘mon axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar imtiyozli savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarning asosiy shartlarini kelishib olgan. Birinchi muzokara bosqichini 2026-yil dekabrida o‘tkazish taklif qilingan. Imtiyozlar 200 ta tovar pozitsiyasini qamrab olishi ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston O‘monga oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavot, mis, alyuminiy, to‘qimachilik mahsulotlari, elektr va maishiy texnika, kimyo sanoati mahsulotlari eksportini kengaytirishdan manfaatdor.
O‘z navbatida, Ummondan shakar, polimerlar, neft mahsulotlari, moylash materiallari va alyuminiy mahsulotlari importini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Investitsiyalar va yangi savdo yo‘laklari
Tomonlar O‘zbekiston–O‘mon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini ikki baravar oshirib, 500 mln dollarga yetkazish tashabbusini ham muhokama qildi.
Qo‘shma loyihalarni energetika, geologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika, avtomobilsozlik va raqamli texnologiyalar sohalarida amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarini Fors ko‘rfazi va Sharqiy Afrika bozorlariga yetkazish uchun O‘mon portlaridan foydalanish, logistika markazlari tashkil etish, yuk tashish va qayta eksport xizmatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar 2026-yil iyulida yo‘lga qo‘yilgan Maskat–Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlaridan ham samarali foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Yig‘ilish yakunida ikki mamlakat vazirlari muhokamalar natijalari va kelishilgan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilaydigan bayonnomani imzoladi.