https://oz.sputniknews.uz/20261117/mahkum-oliygoh-masofaviy-oqish-62070592.html
O‘zbekistonda mahkumlarga oliygohlarda masofaviy o‘qish imkoni yaratiladi
O‘zbekistonda mahkumlarga oliygohlarda masofaviy o‘qish imkoni yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mahkumlarga 2027/2028 o‘quv yilidan oliygohlarda masofaviy, kontrakt asosida o‘qish imkoni yaratiladi. Koloniyalarda maxsus xonalar ajratilib, har yili 15–20 ming mahkumni kasbga o‘qitish rejalashtirilgan.
2026-11-17T12:56+0500
2026-11-17T12:56+0500
2026-11-17T12:56+0500
qamoq
jamiyat
jazoni ijro etish muassasi
oliy ta’lim muassasalari
masofaviy ta’lim
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/21/89/218962_0:150:3109:1898_1920x0_80_0_0_81b5dbb62acaff3e1fb5fb8dc9328899.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan mahkumlarga oliy ta’lim tashkilotlariga kirish va masofaviy shaklda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoni yaratiladi. Bu jazoni o‘tayotgan shaxslarni ozodlikka tayyorlash va ijtimoiylashuvini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan prezident qarorida belgilandi.“Yangi hayot” dasturi doirasida o‘qishga qabul qilingan mahkumlar uchun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.Qarorda mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni kengaytirish ham nazarda tutilgan. Asosiy maqsadlar:Barcha koloniyalarda mahkumlar o‘rtasida masofaviy “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi. Kutubxonalarda esa “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260616/mahkumlar-kitob-58365307.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/21/89/218962_188:0:2919:2048_1920x0_80_0_0_6a2f440d1b7935a2c38e852761db3c31.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qamoq, jamiyat, jazoni ijro etish muassasi, oliy ta’lim muassasalari, masofaviy ta’lim, o‘zbekiston
qamoq, jamiyat, jazoni ijro etish muassasi, oliy ta’lim muassasalari, masofaviy ta’lim, o‘zbekiston
O‘zbekistonda mahkumlarga oliygohlarda masofaviy o‘qish imkoni yaratiladi
2027/2028 o‘quv yilidan mahkumlar oliygohlarga kirib, masofaviy shaklda kontrakt asosida o‘qishi mumkin bo‘ladi. Koloniyalarda maxsus xonalar ajratiladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan mahkumlarga oliy ta’lim tashkilotlariga kirish va masofaviy shaklda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoni yaratiladi. Bu jazoni o‘tayotgan shaxslarni ozodlikka tayyorlash va ijtimoiylashuvini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan prezident qarorida
belgilandi.
“Yangi hayot” dasturi doirasida o‘qishga qabul qilingan mahkumlar uchun koloniyalarda videokonferensaloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.
Qarorda mahkumlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishni kengaytirish ham nazarda tutilgan. Asosiy maqsadlar:
2027/2028 o‘quv yiliga qadar jazoni ijro etish muassasalarida 310 ta o‘quv va 420 ta amaliy mashg‘ulotlar xonasini tashkil etish;
2030 yilga qadar kamida 50 ta kasb bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish;
har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni kasbga o‘qitish;
kasbga o‘qitish orqali takroriy jinoyatchilik darajasini 30 foizga qisqartirish.
Shuningdek, yosh mahkumlar orasidan saylov orqali yoshlar faollari tanlanadi. Ular har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
Barcha koloniyalarda mahkumlar o‘rtasida masofaviy “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi. Kutubxonalarda esa “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.