Mahkumlarning kitob o‘qiganini tasdiqlovchi maxsus komissiya bir yilda 2-marta yig‘iladi

© Sputnik/Dostonbek RaxmatullayevV Namangane zarabotala sovremennaya IT-biblioteka.
V Namangane zarabotala sovremennaya IT-biblioteka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2026
Obuna bo‘lish
Mahkumning jazo muddati har bir o‘qigan kitobi uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan 30 kungacha qisqartiriladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda mahkumlarning jazoni o‘tash davrida adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.
Nizomga ko‘ra, talabgorning test sinovi topshirishini nazorat qilib borish va natijalarini xulosa asosida tasdiqlash uchun muassasa xodimlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tashkil etiladi.

Komissiya yig‘ilishi, qoida tariqasida, yiliga kamida 2-marta, har yil fevral va avgust oylarida o‘tkaziladi.

Komissiya xulosasi talabgorga imzo qo‘ydirib, tanishtiriladi hamda uning shaxsiy yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.

Xulosaning ko‘chirma nusxasi prokurorga yuboriladi, shuningdek, mahkumning himoyachisiga uning so‘roviga ko‘ra beriladi.

Talabgor test sinovi natijalari unga tanishtirilgan kundan boshlab, 5 ish kuni ichida test o‘tkazilish jarayoni yoki natijalari bo‘yicha shaxsan o‘zi yoki himoyachisi orqali sudga shikoyat yo‘llashi mumkin.

Sud shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz, shikoyatni esa qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida;
talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar asosli deb topilsa, shikoyatni qanoatlantirish va test sinovi natijalarini bekor qilish to‘g‘risida.
O‘zbekistonda mahkumning jazo muddati har bir o‘qigan kitobi uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan 30 kungacha qisqartiriladi.
Mahkumlarga o‘qigan kitoblari bo‘yicha test sinovini bir yilda ikki marta topshirish imkoni beriladi. Har bir adabiyot bo‘yicha 25 ta test yechiladi (bitta savolga ikki daqiqa vaqt ajratiladi). Testning har bir savoli uchun 4 ball beriladi va talabgorda maksimal 100 ball to‘plash imkoni bo‘ladi. Agar bitta adabiyot bo‘yicha kamida 70 ball to‘plansa, test sinovi muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v Mejdunarodnom kongress-sentre prinyal uchastie v seremonii zapuska Natsionalnogo dvijeniya po chteniyu knig. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2026
O‘zbekistonda kitobxonlar 50 ming dollarga ega chiqishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0