https://oz.sputniknews.uz/20261117/fsb-russia-62069540.html
Rossiya FXX Ukraina maxsus xizmati rejalashtirgan qator teraktlarning oldini oldi
Rossiya FXX Ukraina maxsus xizmati rejalashtirgan qator teraktlarning oldini oldi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada kemalar va aerodromlarga hujumlarning oldi olindi. To‘rt kishi ushlandi, qurolli qarshilik ko‘rsatgan ikki kishi o‘ldirildi. Operatsiyada 700 kilogrammdan ziyod portlovchi modda, dronlar va gidrotsikllar aniqlangan.
2026-11-17T12:28+0500
2026-11-17T12:28+0500
2026-11-17T12:28+0500
fsb
dunyo yangiliklari
terakt
rossiya
dron
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62070178_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_56a0d1f6a54a8897a6333aafec5edafc.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatlari tayyorlagan qator teraktlarning oldini oldi. Bu haqda FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markaziga tayanib RIA Novosti xabar berdi. Xavfsizlik kuchlari yil boshidan Ukraina maxsus xizmatlari yollagan rossiyaliklarni kuzatib, ularga hujum vositalari yetkazib berilishini yashirin nazorat qilib borgan. Ukraina Xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi yollagan rossiyaliklar bir necha bosqichda quyidagi vositalarni olgan:Gidrotsikllar Rossiyaga uchinchi davlatlar orqali olib kirilgan. Ulardan portlovchi modda bilan jihozlangan ekipajsiz katerlar tayyorlab, Kaspiy dengizidagi harbiy va fuqarolik kemalariga hujum qilish rejalashtirilgan.Optik tolali kabel orqali boshqariladigan FPV-dronlarni esa Adigeya va Krasnodar o‘lkasidagi xususiy uy-joylar hududiga joylashtirish ko‘zda tutilgan. Ular harbiy aerodromlar va muhim infratuzilma obyektlariga hujum qilish uchun mo‘ljallangan.Havo orqali yetkazib berishda qo‘llangan 70 tadan ortiq meteozond va uchuvchisiz apparat ham tutib qolingan. Xavfsizlik kuchlari xodimlari va tinch aholi jabrlanmagan. Qo‘llashga tayyor katerlar va dronlar zararsizlantirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hujumlarni tayyorlashga kamida 2,5 mln dollar sarflangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260709/fsb-moscow-terakt-oldi-olinish-58925592.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Kadri operatsii FSB po predotvrasheniyu masshtabnix teraktov ukrainskix spesslujb v Rossii
Sputnik O‘zbekiston
Kadri operatsii FSB po predotvrasheniyu masshtabnix teraktov ukrainskix spesslujb v Rossii
2026-11-17T12:28+0500
true
PT10M41S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62070178_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_f9038eed076ce7c6431bd92524accb50.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fsb, dunyo yangiliklari, terakt, rossiya, dron, ukraina
fsb, dunyo yangiliklari, terakt, rossiya, dron, ukraina
Rossiya FXX Ukraina maxsus xizmati rejalashtirgan qator teraktlarning oldini oldi
Operatsiya davomida Ukraina maxsus xizmatlarining to‘rt agenti ushlandi. Yana ikki agent ushlash vaqtida qurolli qarshilik ko‘rsatgani uchun javob o‘qi bilan o‘ldirildi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatlari tayyorlagan qator teraktlarning oldini oldi. Bu haqda FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markaziga tayanib RIA Novosti
xabar berdi.
Xavfsizlik kuchlari yil boshidan Ukraina maxsus xizmatlari yollagan rossiyaliklarni kuzatib, ularga hujum vositalari yetkazib berilishini yashirin nazorat qilib borgan.
Noyabrda agentlar dronlar va ekipajsiz katerlarni jangovar holatga keltirib, belgilangan nishonlarga bir vaqtda hujum qilishga tayyorlangan. Shu bosqichda ularning harakatlari to‘xtatilgan.
Ukraina Xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi yollagan rossiyaliklar bir necha bosqichda quyidagi vositalarni olgan:
G‘arbda ishlab chiqarilgan 700 kilogrammdan ortiq portlovchi modda;
kamida 40 ta zarba beruvchi kvadrokopter — to‘rt parrakli dron;
oltita gidrotsikl — suv motosikli;
jangovar dronlarni yig‘ish va sozlash uchun butlovchi qismlar hamda maxsus uskunalar.
Gidrotsikllar Rossiyaga uchinchi davlatlar orqali olib kirilgan. Ulardan portlovchi modda bilan jihozlangan ekipajsiz katerlar tayyorlab, Kaspiy dengizidagi harbiy va fuqarolik kemalariga hujum qilish rejalashtirilgan.
Optik tolali kabel orqali boshqariladigan FPV-dronlarni esa Adigeya va Krasnodar o‘lkasidagi xususiy uy-joylar hududiga joylashtirish ko‘zda tutilgan. Ular harbiy aerodromlar va muhim infratuzilma obyektlariga hujum qilish uchun mo‘ljallangan.
Havo orqali yetkazib berishda qo‘llangan 70 tadan ortiq meteozond va uchuvchisiz apparat ham tutib qolingan.
Operatsiya davomida Ukraina maxsus xizmatlarining to‘rt agenti ushlandi. Yana ikki agent ushlash vaqtida qurolli qarshilik ko‘rsatgani uchun javob o‘qi bilan o‘ldirildi. Qo‘lga olishlar Maykop, Qizlyar, Tixoresk va Rostov-Don shaharlarida o‘tkazildi.
Xavfsizlik kuchlari xodimlari va tinch aholi jabrlanmagan. Qo‘llashga tayyor katerlar va dronlar zararsizlantirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hujumlarni tayyorlashga kamida 2,5 mln dollar sarflangan.