https://oz.sputniknews.uz/20261117/europe-migrantlar-africa-yuborilish-62057959.html
“O‘z uyimizga xo‘jayin bo‘lishimiz kerak”: migrantlar Yevropadan Afrikaga yuborilishi mumkin
“O‘z uyimizga xo‘jayin bo‘lishimiz kerak”: migrantlar Yevropadan Afrikaga yuborilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Avstriya, Daniya, Germaniya, Gretsiya va Niderlandiya Ruandada migrantlar uchun markaz ochish bo‘yicha muzokara boshlamoqda. Dastlabki ko‘chirishlar 2027-yilga mo‘ljallangan. Avval O‘zbekiston ham ehtimoliy manzil sifatida tilga olingan.
2026-11-17T10:01+0500
2026-11-17T10:01+0500
2026-11-17T10:02+0500
migratsiya
migrantlar
afrika
yevropa ittifoqi
avstriya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62057778_13:83:695:466_1920x0_80_0_0_6049319d8c484c719b6a24b6b47d8d8b.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Avstriya, Daniya, Germaniya, Gretsiya va Niderlandiya Ruandada Yevropada qolish huquqi bo‘lmagan migrantlarni joylashtirish uchun markaz tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqda. Bu haqda Avstriya hukumati ma’lum qildi. Avstriya kansleri Kristian Shtoker tashabbusni izohlar ekan, yashash huquqi bo‘lmagan shaxslarni mamlakatdan chiqarib bo‘lmasa, boshpana tizimi o‘z ma’nosini yo‘qotishini aytdi.Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ham rejani migratsiya siyosatidagi burilish sifatida taqdim etdi.Biroq hozircha gap migrantlarni yuborish boshlangani haqida emas, markazni tashkil etish shartlarini kelishish haqida bormoqda. Besh davlat va Ruanda dastlabki ko‘chirishlarni 2027-yilda boshlashni maqsad qilgan.Yevropadan chiqariladi, Ruandada yashash imkoni beriladiReja Yevropa davlatlarida qonuniy qolish asosi bo‘lmagan, xalqaro himoyaga muhtoj deb topilmagan va chiqarib yuborish to‘g‘risida ijro etilishi lozim bo‘lgan qaror chiqarilgan migrantlarga taalluqli.Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt bunday markazlarni vatani qaytarib olish jarayonida hamkorlik qilmayotgan, Yevropada esa qolish huquqi va istiqboli bo‘lmagan shaxslar uchun yechim deb atadi. Ruandada yashash, ishlash, ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati berilishi ko‘zda tutilgan.Shu tariqa, Yevropada qolishiga ruxsat berilmagan odamlarga Ruandada hayot boshlash taklif etiladi. Ular o‘z vataniga ixtiyoriy qaytishi ham mumkin. Joylashtirish xarajatlarini besh Yevropa davlati qoplaydi.“Nazoratni qaytarish”mi yoki huquqlarga xavf?Tashabbuskorlar markaz inson huquqlari va xalqaro huquq talablariga muvofiq ishlashini va’da qilmoqda. Ammo tanqidchilar migrantlarni Yevropa hududidan tashqariga yuborish ularning huquqlarini himoya qilishni qiyinlashtirishidan xavotirda. Yevropa parlamenti tadqiqot xizmati sharhida esa YeIdan tashqarida inson huquqlariga rioya etilishini samarali nazorat qilish imkoniyatlari shubha ostida ekanligi qayd etilgan. Avvalroq bunday markazlar uchun ehtimoliy manzillar qatorida Ruanda va Uganda bilan birga O‘zbekiston ham tilga olingan edi. Bu Yevropa parlamenti tadqiqot xizmati hujjatida keltirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260624/eu-uzbekistan-migrantlar-markaz-muhokama-58567055.html
afrika
avstriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/11/62057778_40:0:661:466_1920x0_80_0_0_1960a0715fcca6a7419032d364b04f18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, afrika, yevropa ittifoqi, avstriya
migratsiya, migrantlar, afrika, yevropa ittifoqi, avstriya
“O‘z uyimizga xo‘jayin bo‘lishimiz kerak”: migrantlar Yevropadan Afrikaga yuborilishi mumkin
10:01 17.11.2026 (yangilandi: 10:02 17.11.2026) Ruandaga Yevropada qolish huquqi bo‘lmagan migrantlarni yuborish rejalashtirilmoqda. Dastlabki ko‘chirishlar 2027-yilda boshlanishi mumkin.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Avstriya, Daniya, Germaniya, Gretsiya va Niderlandiya Ruandada Yevropada qolish huquqi bo‘lmagan migrantlarni joylashtirish uchun markaz tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqda. Bu haqda Avstriya hukumati
ma’lum qildi.
Avstriya kansleri Kristian Shtoker tashabbusni izohlar ekan, yashash huquqi bo‘lmagan shaxslarni mamlakatdan chiqarib bo‘lmasa, boshpana tizimi o‘z ma’nosini yo‘qotishini aytdi.
“Agar o‘z vataniga qaytarishning imkoni bo‘lmasa, yashash huquqiga ega bo‘lmagan odamlar kelgusida Ruanda kabi uchinchi davlatga yuboriladi. Chunki o‘z uyimizga o‘zimiz xo‘jayin bo‘lishimiz kerak”, — dedi u.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ham rejani migratsiya siyosatidagi burilish sifatida taqdim etdi.
“Biz nazoratni qaytarib olamiz va noqonuniy migratsiyaga rag‘batni yo‘qotamiz”, — dedi u Venadagi matbuot anjumanida.
Biroq hozircha gap migrantlarni yuborish boshlangani haqida emas, markazni tashkil etish shartlarini kelishish haqida bormoqda. Besh davlat va Ruanda dastlabki ko‘chirishlarni 2027-yilda boshlashni maqsad qilgan.
Yevropadan chiqariladi, Ruandada yashash imkoni beriladi
Reja Yevropa davlatlarida qonuniy qolish asosi bo‘lmagan, xalqaro himoyaga muhtoj deb topilmagan va chiqarib yuborish to‘g‘risida ijro etilishi lozim bo‘lgan qaror chiqarilgan migrantlarga taalluqli.
Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt bunday markazlarni vatani qaytarib olish jarayonida hamkorlik qilmayotgan, Yevropada esa qolish huquqi va istiqboli bo‘lmagan shaxslar uchun yechim deb atadi.
Niderlandiya hukumatiga ko‘ra, birinchi bosqichda faqat yolg‘iz erkaklarni yuborish rejalashtirilgan. Ular ochiq turdagi vaqtinchalik markazga joylashtiriladi.
Ruandada yashash, ishlash, ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati berilishi ko‘zda tutilgan.
Shu tariqa, Yevropada qolishiga ruxsat berilmagan odamlarga Ruandada hayot boshlash taklif etiladi. Ular o‘z vataniga ixtiyoriy qaytishi ham mumkin. Joylashtirish xarajatlarini besh Yevropa davlati qoplaydi.
“Nazoratni qaytarish”mi yoki huquqlarga xavf?
Tashabbuskorlar markaz inson huquqlari va xalqaro huquq talablariga muvofiq ishlashini va’da qilmoqda. Ammo tanqidchilar migrantlarni Yevropa hududidan tashqariga yuborish ularning huquqlarini himoya qilishni qiyinlashtirishidan xavotirda.
Yevroparlament deputati Melissa Kamara Ruanda bilan e’lon qilingan tashabbusni “sharmandalik” deb atadi.
Yevropa parlamenti tadqiqot xizmati sharhida esa YeIdan tashqarida inson huquqlariga rioya etilishini samarali nazorat qilish imkoniyatlari shubha ostida ekanligi qayd etilgan.
Avvalroq bunday markazlar uchun ehtimoliy manzillar qatorida Ruanda va Uganda bilan birga O‘zbekiston ham tilga olingan edi. Bu Yevropa parlamenti tadqiqot xizmati hujjatida keltirilgan.