https://oz.sputniknews.uz/20260624/eu-uzbekistan-migrantlar-markaz-muhokama-58567055.html
Politico: YeI O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz ochishni muhokama qilmoqda
Politico: YeI O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz ochishni muhokama qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
"Politico"ga ko‘ra, Daniya, Avstriya, Gretsiya, Germaniya va Niderlandiya rad etilgan boshpana izlovchilarni YeIdan tashqaridagi maxsus markazlarga yuborish tashabbusini ilgari surmoqda. Mumkin maydonlar orasida O‘zbekiston ham tilga olingan
2026-06-24T15:53+0500
2026-06-24T15:53+0500
2026-06-24T16:18+0500
migratsiya
migrantlar
yevropa ittifoqi
afrika
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16122811_0:71:2733:1608_1920x0_80_0_0_438a3b45ac5042e9562be3bb63cad91d.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari boshpana berish rad etilgan muhojirlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston va Ruandada maxsus markazlar tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Politico" nashri bir nechta yevropalik diplomatlarga tayanib xabar berdi.Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Daniya, Avstriya, Gretsiya, Germaniya va Niderlandiya rad etilgan boshpana izlovchilarni YeIdan tashqarida qabul qilish mexanizmlarini joriy etish tashabbusi bilan chiqqan."Politico"ning qayd etishicha, markazlar joylashtiriladigan davlatlar hali rasman aniqlanmagan. Shu bilan birga, nashr manbalari Ruanda va O‘zbekiston nomzodlar qatorida muhokama qilinayotganini bildirgan.Nashrning yozishicha, YeI qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar a’zo davlatlarga rad etilgan boshpana izlovchilarni uchinchi mamlakatlarda joylashtirish markazlarini tashkil etish imkonini beradi."Financial Times" o‘z manbalariga tayanib, YeIning tashqi migratsiya siyosati, jumladan, “qaytish markazlari”ni moliyalashtirish uchun yetti yil davomida 20 mlrd yevrogacha mablag‘ ajratilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa avvalroq mamlakat hududida bunday markazlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi ma’lumotlarni rad etgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260504/austria-afghans-uzbekistan-deportatsiya-57313322.html
afrika
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16122811_246:0:2485:1679_1920x0_80_0_0_f0d160c9f60d2bb389b90c25984a5dd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, yevropa ittifoqi, afrika, o‘zbekiston
migratsiya, migrantlar, yevropa ittifoqi, afrika, o‘zbekiston
Politico: YeI O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz ochishni muhokama qilmoqda
15:53 24.06.2026 (yangilandi: 16:18 24.06.2026) FT bunday dasturlarga 20 milliard yevrogacha mablag‘ ajratilishi mumkinligini yozdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari boshpana berish rad etilgan muhojirlarni qabul qilish uchun O‘zbekiston va Ruandada maxsus markazlar tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Politico" nashri bir nechta yevropalik diplomatlarga tayanib
xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Daniya, Avstriya, Gretsiya, Germaniya va Niderlandiya rad etilgan boshpana izlovchilarni YeIdan tashqarida qabul qilish mexanizmlarini joriy etish tashabbusi bilan chiqqan.
Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tuzilmalarni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarni 2026-yilda imzolash va ularni 2027-yildan ishga tushirish maqsad qilingan.
"Politico"ning qayd etishicha, markazlar joylashtiriladigan davlatlar hali rasman aniqlanmagan. Shu bilan birga, nashr manbalari Ruanda va O‘zbekiston nomzodlar qatorida muhokama qilinayotganini bildirgan.
Nashrning yozishicha, YeI qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar a’zo davlatlarga rad etilgan boshpana izlovchilarni uchinchi mamlakatlarda joylashtirish markazlarini tashkil etish imkonini beradi.
"Politico" ma’lumotlariga ko‘ra, YeI Ruandaga 2023-yilda 900 million yevrolik investitsiya dasturini e’lon qilgan. O‘zbekiston uchun esa 119 million yevro miqdorida grant mablag‘lari ajratilgan.
"Financial Times" o‘z manbalariga tayanib, YeIning tashqi migratsiya siyosati, jumladan, “qaytish markazlari”ni moliyalashtirish uchun yetti yil davomida 20 mlrd yevrogacha mablag‘ ajratilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa avvalroq mamlakat hududida bunday markazlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi ma’lumotlarni rad etgandi.