Astraxan yanada yaqin: Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sayt jdvokzali.rfMejdu Tashkentom i Astraxanyu budet zapusheno pramoe jeleznodorojnoe soobshenie
Mejdu Tashkentom i Astraxanyu budet zapusheno pramoe jeleznodorojnoe soobshenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
Obuna bo‘lish
17 dekabrdan Toshkent — Astraxan yo‘nalishida haftalik poyezd qatnay boshlaydi. Chiptalar jo‘nash sanasidan 45 kun oldin sotuvga chiqariladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. 2026-yil 17-dekabrdan Toshkent — Astraxan — Toshkent yo‘nalishida 149/150-sonli xalqaro yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi qatnov yo‘lovchilarga Rossiyaning Astraxan shahriga boshqa poyezdga o‘tirmasdan yetib borish imkonini beradi. Poyezd har ikki yo‘nalishda haftasiga bir marta harakatlanadi.
Toshkentdan Astraxanga:
150-sonli poyezd 17-dekabrdan har payshanba soat 18:00 da Toshkent-Markaziy vokzalidan jo‘naydi. Astraxanga shanba kuni soat 19:00 da yetib boradi.
Astraxandan Toshkentga:
149-sonli poyezd 20-dekabrdan har yakshanba soat 02:01 da yo‘lga chiqadi. Toshkent-Markaziy vokzaliga seshanba kuni soat 04:35 da yetib keladi.
Chiptalar poyezd jo‘nash sanasidan 45 kun oldin sotuvga chiqariladi.
Astraxan Volga darosi deltasida joylashgan bo‘lib, Volga-Kaspiy havzasidagi daryo va dengiz portlari, temir yo‘l hamda avtomobil yo‘llarini birlashtiruvchi transport markazidir.
Jeleznaya doroga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi temir yo‘l orqali ilk ko‘mir poyezdi jo‘natildi
Yangiliklar lentasi
0