https://oz.sputniknews.uz/20261104/kazakhstan-uzbekistan-temir-yol-61741623.html
Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi temir yo‘l orqali ilk ko‘mir poyezdi jo‘natildi
Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi temir yo‘l orqali ilk ko‘mir poyezdi jo‘natildi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondan O‘zbekistonga Darbaza–Maqtaaral yangi temir yo‘li orqali ilk ko‘mir poyezdi jo‘natildi. Yo‘nalish yiliga qo‘shimcha 10 mln tonna yuk tashish va Sariag‘ash–Toshkent uchastkasidagi yuklamani kamaytirish imkonini beradi.
2026-11-04T14:44+0500
2026-11-04T14:44+0500
2026-11-04T14:44+0500
ko‘mir mahsuloti
temir yo‘l
iqtisod
import
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18815034_46:0:3564:1979_1920x0_80_0_0_c5a1a6128aab212b3852dc3ebe8d1df2.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi Darbaza–Maqtaaral temir yo‘l liniyasi orqali ilk yuk poyezdi jo‘natildi. U Qozog‘iston ko‘mirini olib kelmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Oljas Bektenov matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, birinchi yuk poyezdi oktabr oyida yo‘lga chiqqan. Yangi magistral ikki mamlakat o‘rtasidagi yuk tashish imkoniyatlarini kengaytiradi va qo‘shimcha eksport yo‘nalishini yaratadi.Shuningdek, magistral yuklama yuqori bo‘lgan Sariag‘ash–Toshkent temir yo‘l uchastkasini yengillashtiradi. Ayrim tranzit yuklarni Toshkent temir yo‘l uzeliga kiritmasdan Tojikiston va Afg‘oniston yo‘nalishida tashish imkoni paydo bo‘ladi.Darbaza–Maqtaaral temir yo‘li Qozog‘istonning Turkiston viloyatida qurilmoqda. Loyiha bo‘yicha temir yo‘llarning umumiy uzunligi 152 kilometr, asosiy yo‘llar uzunligi esa 127,6 kilometrni tashkil etadi.Yangi yo‘nalish orqali qo‘shimcha 10–14 million tonna yuk tashish, istiqbolda esa yuk oqimini 20–25 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.Loyihani to‘liq ishga tushirish 2026-yil dekabriga rejalashtirilgan. Yangi liniya bo‘ylab ilk yuk poyezdining harakatlanishi uni amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20251207/kazakhstan-don-uzbekistan-terminal-etishmaslik-54006958.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18815034_485:0:3124:1979_1920x0_80_0_0_4cbdb8ca5c0965363522f48c74fa281d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ko‘mir mahsuloti, temir yo‘l, iqtisod, import, qozog‘iston
ko‘mir mahsuloti, temir yo‘l, iqtisod, import, qozog‘iston
Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi temir yo‘l orqali ilk ko‘mir poyezdi jo‘natildi
Darbaza–Maqtaaral yangi temir yo‘li orqali O‘zbekistonga ilk yuk poyezdi jo‘natildi. Yo‘nalish yiliga qo‘shimcha 10 mln tonna yuk tashish imkonini beradi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi Darbaza–Maqtaaral temir yo‘l liniyasi orqali ilk yuk poyezdi jo‘natildi. U Qozog‘iston ko‘mirini olib kelmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Oljas Bektenov matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, birinchi yuk poyezdi oktabr oyida yo‘lga chiqqan. Yangi magistral ikki mamlakat o‘rtasidagi yuk tashish imkoniyatlarini kengaytiradi va qo‘shimcha eksport yo‘nalishini yaratadi.
Qozog‘iston temir yo‘llari kompaniyasi vakili Gani Yesenbayevning avvalroq bildirishicha, yangi yo‘nalish ishga to‘liq tushgach, ikki davlat o‘rtasida yiliga qo‘shimcha 10 mln tonna yuk tashish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shuningdek, magistral yuklama yuqori bo‘lgan Sariag‘ash–Toshkent temir yo‘l uchastkasini yengillashtiradi. Ayrim tranzit yuklarni Toshkent temir yo‘l uzeliga kiritmasdan Tojikiston va Afg‘oniston yo‘nalishida tashish imkoni paydo bo‘ladi.
Darbaza–Maqtaaral temir yo‘li Qozog‘istonning Turkiston viloyatida qurilmoqda. Loyiha bo‘yicha temir yo‘llarning umumiy uzunligi 152 kilometr, asosiy yo‘llar uzunligi esa 127,6 kilometrni tashkil etadi.
Yangi yo‘nalish orqali qo‘shimcha 10–14 million tonna yuk tashish, istiqbolda esa yuk oqimini 20–25 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Loyihani to‘liq ishga tushirish 2026-yil dekabriga rejalashtirilgan. Yangi liniya bo‘ylab ilk yuk poyezdining harakatlanishi uni amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.