https://oz.sputniknews.uz/20260512/saidov-kuwait-singapore-iran-oman-muloqotlar-57500359.html
Saidov Kuvayt elchisini qabul qildi, TIVda Singapur, Eron va O‘mon bilan muloqotlar o‘tdi
Saidov Kuvayt elchisini qabul qildi, TIVda Singapur, Eron va O‘mon bilan muloqotlar o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
11 may kuni O‘zbekiston TIVda Quvaytning yangi elchisi qabul qilindi, Singapur bilan telefon muloqoti o‘tkazildi, Eron va O‘mon elchilari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
2026-05-12T09:56+0500
2026-05-12T09:56+0500
2026-05-12T10:08+0500
o‘zbekiston tiv
diplomatiya
baxtiyor saidov
diplomatik munosabatlar
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57498971_0:79:1280:799_1920x0_80_0_0_f2812bb505d9f97505c39eb409b62c46.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. 11-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Kuvayt, Singapur, Eron va O‘mon bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytning mamlakatdagi yangi tayinlangan elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikradning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.Shuningdek, Baxtiyor Saidov Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan telefon orqali muloqot qildi.Suhbat davomida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, mintaqaviy va global hamkorlik masalalari hamda bo‘lajak tadbirlar kun tartibi muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi do‘stona va ko‘p qirrali aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.Shu kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashdi.Muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.Bahromjon A’loyev O‘mon elchisi Vafo al-Busaidiy bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260504/saidov-saudi-arabia-amaldorlar-uchrashuv-57301967.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/0c/57498971_56:0:1225:877_1920x0_80_0_0_bc1048c2d7d8b46eafbfc5c940746053.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tiv, diplomatiya, baxtiyor saidov, diplomatik munosabatlar, siyosat
o‘zbekiston tiv, diplomatiya, baxtiyor saidov, diplomatik munosabatlar, siyosat
Saidov Kuvayt elchisini qabul qildi, TIVda Singapur, Eron va O‘mon bilan muloqotlar o‘tdi
09:56 12.05.2026 (yangilandi: 10:08 12.05.2026) TIVda Kuvaytning yangi elchisi qabul qilindi, Singapur bilan telefon muloqoti o‘tkazildi, Eron va O‘mon elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. 11 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Kuvayt, Singapur, Eron va O‘mon bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytning mamlakatdagi yangi tayinlangan elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikradning ishonch yorliqlari nusxalarini
qabul qildi.
Uchrashuvda Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Saidov elchiga O‘zbekistondagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Singapur tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan telefon orqali
muloqot qildi.
Suhbat davomida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, mintaqaviy va global hamkorlik masalalari hamda bo‘lajak tadbirlar kun tartibi muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi do‘stona va ko‘p qirrali aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
Shu kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan
uchrashdi.
Muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Bahromjon A’loyev O‘mon elchisi Vafo al-Busaidiy bilan ham uchrashuv
o‘tkazdi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.