Umraga ketayotgan 104 qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi — ulardan yana $400 so‘ralmoqda

© IA Kabar Bolee 100 palomnikov iz Kirgizstana zastrali v Tashkente pri poyezdke na umru
Bolee 100 palomnikov iz Kirgizstana zastrali v Tashkente pri poyezdke na umru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
Ziyoratchilar 12-noyabrdan buyon Saudiya Arabistoniga ucha olmayapti. Ular safar uchun to‘lov qilgan, ammo kompaniya yana pul talab qilmoqda.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan 104 nafar Qirg‘iziston fuqarosi 12-noyabrdan buyon Toshkentdan uchib keta olmayapti. Bu haqda Qirg‘iziston parlamenti deputati Burul Amanova ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kabar davlat axborot agentligi.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, ziyoratchilarning aksariyati Jalolobod va Botken viloyatlaridan kelgan. Ular orasida keksa yoshdagilar va sog‘lig‘ida muammolari bor fuqarolar ham bor.
Amanovaning aytishicha, safarni tashkil etgan "Nur Umra" kompaniyasi vakillari ziyoratchilardan yana 400 dollardan qo‘shimcha to‘lov talab qilgan.
Holbuki, fuqarolar safar xarajatlarini avvaldan to‘liq to‘lagan, keyinroq yana 100 dollardan qo‘shimcha to‘lov qilishga majbur bo‘lgan. Ular yangi talabni rad etmoqda.
Ziyoratchilarga 16-noyabr kuni kechqurun parvoz tashkil etilishi va’da qilingan. Biroq aniq reys haqida ma’lumot berilmagan.
Muftiylik nima dedi?
Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasining umra bo‘limi mutaxassisi Umar Bakirov Kabar agentligiga Toshkentda qolib ketgan fuqarolar muftiylikning elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tmaganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muftiylik "Nur Umra Trevel" kompaniyasi bilan bog‘langan. Biroq kompaniya mazkur ziyoratchilarning o‘ziga aloqadorligini rad etgan.
Hozirda maxsus komissiya vaziyatni o‘rganmoqda. Qonunbuzarliklar aniqlansa, kompaniyaning akkreditatsiyasini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.
Avvalroq, 13-noyabr kuni Qirg‘iziston muftiyligi "Nur Umra" kompaniyasi faoliyati yuzasidan bir necha bor shikoyatlar kelib tushganini ma’lum qilgan edi.
Rasmiy bayonotda kompaniya ziyoratchilarni yagona elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan safarga jo‘natgani, bu bo‘yicha dalolatnoma tuzilgani va kompaniya vakillari ogohlantirilgani qayd etilgan.
Deputat Burul Amanova Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi va muftiylikni fuqarolarga yordam berishga chaqirdi.
V Tashkent vernulis pervie palomniki, sovershivshie xadj  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Umra tashkilotchilari va diniy ta’lim muassasalari xavf darajasiga qarab nazorat qilinadi
Yangiliklar lentasi
0