https://oz.sputniknews.uz/20260715/umra-tashkilotchilar-din-talim-nazorat-59046290.html
Umra tashkilotchilari va diniy ta’lim muassasalari xavf darajasiga qarab nazorat qilinadi
Umra tashkilotchilari va diniy ta’lim muassasalari xavf darajasiga qarab nazorat qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Umra tashkilotchilari, diniy ta’lim muassasalari va diniy materiallar bilan ishlovchi tadbirkorlarni xavf darajasi asosida nazorat qilish tartibi joriy etildi. Past xavfli subyektlar tekshirilmaydi.
2026-07-15T15:44+0500
2026-07-15T15:44+0500
2026-07-15T15:44+0500
umra
ziyorat turizmi
adliya vazirligi
jamiyat
islom dini
oav
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/0d/49884257_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_3ba1312ac02cbc689746e826bfc93b3e.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda Umra ziyoratini tashkil etish, diniy ta’lim va diniy mazmundagi materiallarni tarqatish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni nazorat qilishning yangi tartibi belgilandi. Adliya vazirligi tegishli nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Yangi tizim quyidagi yo‘nalishlarda qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholaydi:— diniy ta’lim muassasalari faoliyati;— “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish;— diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, O‘zbekistonga olib kirish va tarqatish.Tadbirkorlik subyektlari huquqbuzarlik sodir etish xavfiga qarab yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi. Bunda tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiritilgan subyektlarda profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Past xavf toifasiga kirgan tadbirkorlik subyektlarida esa tekshiruv o‘tkazilmaydi.Shu bilan birga, elektron tizimda aniqlangan xavf darajasining o‘zi tadbirkorga nisbatan jarima yoki boshqa ta’sir chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lmaydi.Litsenziya va ruxsat berish talablariga rioya etilishi ustidan nazorat xavf tahlili natijalari hamda qonunbuzilishlar haqidagi murojaatlar asosida amalga oshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/din-ustuvor-yonalishlar-58883665.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/06/0d/49884257_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_d1c4a4babacdd4d0f4b07d5a6effd21e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
umra, ziyorat turizmi, adliya vazirligi, jamiyat, islom dini, oav, tadbirkor
umra, ziyorat turizmi, adliya vazirligi, jamiyat, islom dini, oav, tadbirkor
Umra tashkilotchilari va diniy ta’lim muassasalari xavf darajasiga qarab nazorat qilinadi
O‘zbekistonda Umra tashkilotchilari, diniy ta’lim muassasalari va diniy materiallar bilan ishlovchi subyektlarni xavf darajasi asosida nazorat qilish tartibi joriy etildi
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda Umra ziyoratini tashkil etish, diniy ta’lim va diniy mazmundagi materiallarni tarqatish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni nazorat qilishning yangi tartibi belgilandi. Adliya vazirligi tegishli nizomni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi.
Yangi tizim quyidagi yo‘nalishlarda qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholaydi:
— diniy ta’lim muassasalari faoliyati;
— “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish;
— diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, O‘zbekistonga olib kirish va tarqatish.
Tadbirkorlik subyektlari huquqbuzarlik sodir etish xavfiga qarab yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi.
Xavf darajasini aniqlashda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlar o‘rganiladi.
Bunda tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiritilgan subyektlarda profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Past xavf toifasiga kirgan tadbirkorlik subyektlarida esa tekshiruv o‘tkazilmaydi.
Shu bilan birga, elektron tizimda aniqlangan xavf darajasining o‘zi tadbirkorga nisbatan jarima yoki boshqa ta’sir chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lmaydi.
Litsenziya va ruxsat berish talablariga rioya etilishi ustidan nazorat xavf tahlili natijalari hamda qonunbuzilishlar haqidagi murojaatlar asosida amalga oshiriladi.