Qozog‘iston MXQ rahbari ishdan olindi, IIV vaziri jazolandi — sabablardan biri korrupsiya

© AqordaTokayev osvobodil ot doljnosti predsedatelya Komiteta nasbezopasnosti RK Yermeka Sagimbayeva
Tokayev osvobodil ot doljnosti predsedatelya Komiteta nasbezopasnosti RK Yermeka Sagimbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Sagimbayev iste’fosida korrupsiya bo‘yicha qo‘lga olishlarni ham hisobga olgan, dedi matbuot kotibi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Yermek Sag‘imbayevni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoni bilan qo‘mitaga Marat Irmenov yangi rahbar etib tayinlandi.
Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Aybek Smadiyarovning ma’lum qilishicha, Toqayev Yermek Sagimbayevni lavozimidan ozod etishda "Samruk-Qazina" jamg‘armasi va "Qozog‘iston temir yo‘llari" kompaniyasi rahbarlari bilan bog‘liq korrupsiya ishini ham hisobga olgan.
"Prezident fikricha, kuch tuzilmalari faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Shu munosabat bilan ichki ishlar vaziri Yerjan Sadenovga ham intizomiy jazo berildi", — dedi Smadiyarov.
Uning ta’kidlashicha, Sagimbayevning lavozimidan ozod etilishi boshqa ishga o‘tishi va maxsus xizmat rahbariyatini yangilash zarurati bilan ham bog‘liq. Toqayev korrupsiya ishi bo‘yicha tergovdan boshidanoq xabardor bo‘lgan.
E’tiborlisi, 13-noyabr kuni Toqayev Sag‘imbayevni qabul qilib, uning yil boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotini tinglagan edi. Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari ham muhokama qilingan. Prezident qo‘mita rahbariga bir qator topshiriqlar bergan.
Qozog‘istondagi korrupsiya mojarosi
O‘sha kuni Toqayev Xavfsizlik kengashining tezkor yig‘ilishida "Samruk-Qazina" jamg‘armasi va "Qozog‘iston temir yo‘llari" kompaniyasi rahbarlarining hibsga olinishiga ham munosabat bildirgan edi.
"Bu davlat kompaniyalarida keng ko‘lamli korrupsiya mavjudligidan dalolat beruvchi nihoyatda jiddiy signaldir", — degan Toqayev.
11 noyabrda Milliy xavfsizlik qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati "Samruk-Qazina" rahbari Nurlan Jakupov va "Qozog‘iston temir yo‘llari" rahbari Yeljas Otinshiyevni, shuningdek, boshqa shaxslarni korrupsiya jinoyatida gumon qilib qo‘lga olgan edi.
12 noyabrda esa Ostonadagi turar joy majmualaridan biri yonida dollarga o‘xshash kupuralar bilan to‘lgan jomadonlar aks etgan videolar tarqaldi. Qozog‘iston OAV ushbu voqeani yuqori lavozimli rahbarlarning qo‘lga olinishi bilan bog‘ladi.
"Samruk-Qazina" Qozog‘istonning energetika, neft-gaz, transport va boshqa strategik tarmoqlaridagi yirik davlat aktivlarini boshqaradi.
Sag‘imbayev 2022-yil yanvaridan buyon Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi va Xavfsizlik kengashi apparatida ham qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Jumladan, davlat nazorati bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi, Xavfsizlik kengashi apparatida esa axborot xavfsizligi bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlov bo‘ldi.
Arestovanniy v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2026
"Qozog‘iston temir yo‘llari" rahbari korrupsiya jinoyatida gumonlanib qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0