"Qozog‘iston temir yo‘llari" rahbari korrupsiya jinoyatida gumonlanib qo‘lga olindi

© Sputnik / StringerArestovanniy v naruchnikax
Arestovanniy v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2026
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston temir yo‘llari va davlat aktivlarini boshqaruvchi "Samruq-Qazina" rahbarlari korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olindi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati "Qozog‘iston temir yo‘llari" milliy kompaniyasi rahbari Yeljas Otinshiyev va "Samruq-Qazina" milliy farovonlik jamg‘armasi boshqaruvi raisi Nurlan Jakupovni qo‘lga oldi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar berdi.
Har ikki rahbar va boshqa shaxslar 11-noyabr kuni korrupsiya jinoyatini sodir etishda gumonlanib ushlangan.

Hozir ishning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning boshqa tafsilotlari oshkor etilmadi.

Ostonada dollar to‘la chamadonlar topildi
Top-menejerlar qo‘lga olingani haqidagi xabarlar ortidan Ostonadagi turar joy binosidan dollarga o‘xshash kupuralar solingan chamadonlar derazadan uloqtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Nege nashrining yozishicha, Kunayev ko‘chasidagi "Atlant-6" turar joy majmuasi yonida sakkizta chamadon va ko‘plab kupuralar topilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yerda sochilib yotgan kupuralar, chamadonlar va politsiya xodimlarini ko‘rish mumkin.
Nege nashri Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, aynan shu joyda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari qo‘lga olish tadbirlarini o‘tkazganini ma’lum qildi.
Biroq kupuralarning kimga tegishli ekani, ularning haqiqiyligi va mazkur hodisaning yuqori martabali rahbarlar qo‘lga olinishi bilan bog‘liqligi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Qo‘lga olingan rahbarlar kim?
Yeljas Otinshiyev 2026-yil 20-iyulda "Qozog‘iston temir yo‘llari" milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi etib tayinlangan. Ungacha "Samruq-Qazina" jamg‘armasi tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Nurlan Jakupov esa 2023-yil aprelidan buyon "Samruq-Qazina" milliy farovonlik jamg‘armasini boshqarib kelmoqda.
Mazkur jamg‘arma Qozog‘istonning energetika, transport, telekommunikatsiya va boshqa strategik sohalaridagi yirik davlat aktivlarini boshqaradi. Uning tarkibiga "QazMunayGaz", "Qozog‘iston temir yo‘llari", "Qazatomprom" va boshqa yirik kompaniyalar kiradi.
Sotrudnik NABU. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
Ukrainada korrupsiya mojarosi: UXX politsiya, Bosh prokuraturaning yuqori amaldorlari tergovda
Yangiliklar lentasi
0