Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya savdoni YeOII va BRIKS bozorlariga yo‘naltirishni yakunlamoqda — Mishustin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishMixail Mishustin vistupayet na plenarnoy diskussii v ramkax foruma "Sdelano v Rossii"
Mixail Mishustin vistupayet na plenarnoy diskussii v ramkax foruma Sdelano v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi savdosida do‘stona davlatlarning ulushi 85 foizga yetgan. YeOII mamlakatlari bilan savdo esa yilning besh oyida 10 foizga o‘sgan.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya tashqi savdosini YeOII, MDH, BRIKS va ShHT mamlakatlarining istiqbolli bozorlariga yo‘naltirish jarayoni yakunlanmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Moskvada bo‘lib o‘tayotgan "Rossiyada ishlab chiqarilgan" xalqaro eksport forumida ma’lum qildi.
"Umuman olganda, savdoni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, MDH, BRIKS va Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining yanada istiqbolli bozorlariga yo‘naltirish yakunlanmoqda", — dedi Mishustin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tashqi savdo aylanmasida do‘stona davlatlarning ulushi qariyb 85 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, milliy valyutalarda hisob-kitob qilish ulushi ham oshmoqda. Joriy yil avgust oyida bu ko‘rsatkich Rossiya eksportida 91 foizdan oshgan, importda esa qariyb 89 foizga yetgan.
YeOII bilan savdo qanday o‘zgardi?
Avvalroq Mishustin 2026-yilning yanvar–may oylarida Rossiyaning YeOII mamlakatlari bilan savdosi 10 foizga o‘sganini ma’lum qilgan edi.
Uning ta’kidlashicha, 2025-yilda ittifoq mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 7,5 trillion rublni tashkil etgan.
Shu bilan birga, Rossiya xomashyo va energetikaga bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlar eksportini ham kengaytirmoqda. Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, bunday mahsulotlar mamlakat umumiy eksportining qariyb 35 foizini tashkil etmoqda.
Bosh vazir Rossiya kompaniyalari xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish va texnologik hamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
Ustuvor vazifa – ittifoqchilik aloqalarini chuqurlashtirish: Mishustin YeOII haqida
Yangiliklar lentasi
0