Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Ustuvor vazifa – ittifoqchilik aloqalarini chuqurlashtirish: Mishustin YeOII haqida

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishMixail Mishustin
Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
Obuna bo‘lish
Moskva bundan buyon ham Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga har tomonlama hissa qo‘shish niyatida.
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlari bosh vazirlari ishtirokida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya bosh vaziri ittifoqdagi ijobiy o‘zgarishlarni sanab o‘tdi.
Savdo va YaIM o‘sishi, milliy valyutalar ulushi
Mishustin Moskva Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishi deb bilishini ta’kidladi.

“Mamlakatimiz uchun “beshlik”ning barcha davlatlari bilan ittifoqchilik aloqalarini chuqurlashtirish so‘zsiz ustuvor vazifa hisoblanadi. Biz bundan buyon ham Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga har tomonlama hissa qo‘shish niyatidamiz", - dedi u.

Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida EOII yalpi ichki mahsuloti 1 foizdan ko‘proqqa o‘sgan. Bu sanoat ishlab chiqarishi, chakana savdo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi hisobiga yuz berdi.
Uning ta’kidlashicha, tashqi tahdidlarga qaramay, EOIIning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshi sur’atni ko‘rsatmoqda.
EOII mamlakatlarining milliy valyutalari ulushi tovarlar uchun o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli 95 foizga yetdi.
"Milliy valyutalardan foydalanish amaliyotini kengaytirmoqdamiz. Ularning tovarlar uchun o‘zaro hisob-kitoblardagi ulushi deyarli 95 foizga yetdi”, - dedi Mishustin. U natijani juda salmoqli deb atadi.
Mishustinning aytishicha, EOII mamlakatlarining oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlashi 93 foizni tashkil etadi.
"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi - bu umuman olganda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlangan dunyoning sanoqli mintaqalaridan biri va biz birgalikda o‘zimizni ishonchli his qilishimiz mumkin”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
EOII mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga oshdi.
3 ta ustuvor yo‘nalish
Mishustin Yevroosiyo integratsiyasining uchta ustuvor yo‘nalishini sanab o‘tdi: oziq-ovqat va energetika xavfsizligi hamda transport logistikasini rivojlantirish.
“Biz birgalikda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining qudratli sanoat bazasini shakllantirishda davom etmoqdamiz. Bu sohadagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish samarasini ko‘rmoqdamiz: mehnat unumdorligi oshmoqda, boshqa mamlakatlardan xomashyo va butlovchi qismlar yetkazib berishga bog‘liqlik pasaymoqda. Ishonchim komilki, oldinda bizni yanada katta muvaffaqiyatlar kutmoqda”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
Ittifoq hamkorligini rivojlantirish
Mishustinning ta’kidlashicha, EOIIning Afrika davlatlari bilan hamkorligini rivojlantirish yaxshi istiqbollarni ochadi. Qolaversa, ShHT va ASEAN davlatlari tomonidan o‘zaro hamkorlikning barqaror shart-sharoitlarini o‘rnatishga qiziqish mavjud.
“Savdo urushlari sharoitida, ayniqsa, ShHT va ASEAN davlatlari tomonidan Ittifoq bilan barqaror va oldindan bashorat qilinadigan o‘zaro hamkorlik shartlarini o‘rnatishga qiziqish ortib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Afrika davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun yaxshi istiqbollar mavjud”, - dedi u.
Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, YeOIIning eng muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida kompaniyalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi tarif to‘siqlarini kamaytirish masalasi muhokama qilinmoqda. Bundan tashqari, Hindiston va Tunis bilan erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Mishustin konstruktiv muloqotga tayyor bo‘lgan barcha bilan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni yanada faolroq yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) muammolarni aniqroq aniqlash va ularni tezroq hal qilish uchun "Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li" deklaratsiyasining bajarilishini diqqat bilan baholashi kerak. Mishustin YeIKga shunday chaqiriq bilan murojaat qildi.
“Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasidan hujjatni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida tomonlarni muntazam ravishda xabardor qilib borishni, muammoli jihatlarni ajratib ko‘rsatishni so‘rayman. Bahsli masalalar tor doiradagi yig‘ilishlarimizgacha konsensus bilan hal etilsin”, - dedi u.
“Albatta, hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Barchani mamlakatlarimizning iqtisodiy integratsiyasini mustahkamlash yo‘lida oldinga intilishga chaqiraman”,- deya xulosa qildi Rossiya hukumati rahbari.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Abdulla Aripov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2026
O‘zbekiston va YeOII
Aripov Minskda Yevroosiyo hukumatlararo kengashida ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0