O‘qituvchilar kasbiy sinovdan qanday o‘tdi: fanlar va staj bo‘yicha natijalar

© Depositphotos / BlazeofgloryUchitel pishet u doski v shkole
Uchitel pishet u doski v shkole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2026
Obuna bo‘lish
Kasbiy sertifikatlashda informatika, fizika va biologiya o‘qituvchilarining 22,3 foizi sertifikat oldi. Staj bo‘yicha ham katta farq bor.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2024–2026 yillarda kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilgan 47 936 nafar pedagogning 18 079 nafari (37,7 foizi) sertifikat olgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining tahlilida ma’lum qilindi.
Sinovga jalb etilganlarning 29 857 nafari (62,3 foizi) sertifikat ololmagan. Yana bir e’tiborli jihat — 7 560 nafar pedagog imtihonga umuman kelmagan.
Kasbiy sertifikat olish uchun 50 ta topshiriqdan kamida 28 tasiga to‘g‘ri javob berish, ya’ni 100 balldan 56 ball to‘plash talab etiladi.
Qaysi fan o‘qituvchilari yuqori natija ko‘rsatdi?
Fanlar kesimida katta tafovut kuzatilgan. Eng yuqori natija davlat va huquq asoslari o‘qituvchilarida qayd etilgan — 75,1 foiz. Ingliz tili va tarix o‘qituvchilarining esa 56,6 foizi sertifikat olgan.
Eng past ko‘rsatkichlar quyidagi fanlarda kuzatilgan:
Informatika va axborot texnologiyalari — 19,2%;
Fizika — 21,7%;
Rus tili va adabiyoti — 21,8%;
Biologiya — 26,4%;
Boshlang‘ich ta’lim — 30,7%.
Informatika, fizika va biologiya fanlari bo‘yicha jami 6 957 nafar pedagogdan faqat 1 554 nafari (22,3 foizi) sertifikat olgan.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida esa 7 420 nafar pedagog sinovga jalb etilgan bo‘lib, ularning 30,7 foizi muvaffaqiyatga erishgan.
Tajribali o‘qituvchilar nega pastroq natija ko‘rsatgan?
Tahlilda pedagogik ish staji bilan imtihon natijalari o‘rtasida ham sezilarli farq aniqlangan.
Bir yildan kam stajga ega o‘qituvchilarning 45,2 foizi kasbiy sertifikat olgan. 20-yil va undan ortiq tajribaga ega pedagoglar orasida bu ko‘rsatkich atigi 19,2 foizni tashkil etgan.
Agentlik mutaxassislari bu holatni tajribali pedagoglarning kompyuterda o‘tkaziladigan imtihon shakliga moslashishda qiynalishi yoki fan bo‘yicha bilimlarni muntazam yangilash imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
1 676 nafar pedagogga bitta to‘g‘ri javob yetmagan
Hisobotda yana bir qiziq jihat keltirilgan. Sinovda qatnashib, o‘tish balini to‘play olmagan 23 960 nafar pedagogning 5 406 nafariga sertifikat olish uchun atigi 1–3 ta to‘g‘ri javob yetmagan.
Shundan 1 676 nafari 54 ball to‘plagan — ular sertifikat olishi uchun yana bitta savolga to‘g‘ri javob berishi kifoya edi.
Sertifikat olgan pedagoglarning 70,2 foizi 56–70 ball oralig‘ida natija ko‘rsatgan. 86 va undan yuqori ball to‘plaganlar esa atigi 608 nafarni tashkil etgan.

Tahlil 2026-yil 8-sentabr holatidagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan. Unda mamlakatdagi barcha pedagoglar emas, kasbiy sertifikatlashga jalb etilganlar natijalari o‘rganilgan.

Shavkat Mirziyoyev provol vstrechu s prepodavatelyami i nastavnikami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026
Pedagoglarga ustama va imtiyozlar: maktab va bog‘chalarda nimalar o‘zgaradi
Yangiliklar lentasi
0