Qaysi viloyat o‘qituvchilari va qaysi OTM bitiruvchilari ko‘proq sertifikat oldi?
Qaysi viloyat o‘qituvchilari va qaysi OTM bitiruvchilari ko‘proq sertifikat oldi?
Sputnik O‘zbekiston
Kasbiy sertifikatlash natijalariga ko‘ra, 28 ta oliygoh bitiruvchilari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand davlat chet tillar institutida — 58,2%. Pedagogika oliygohlari va hududlar bo‘yicha natijalar ham farq qiladi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekistonda pedagoglarni kasbiy sertifikatlash natijalari hududlar va oliygohlar kesimida katta farqlarni ko‘rsatdi. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2024–2026 yillardagi sinovlar tahlilida ma’lum qilindi.Jami 47 936 nafar pedagog kasbiy sertifikatlashga jalb etilgan. Ularning 18 079 nafari (37,7 foizi) sertifikat olgan, 29 857 nafari esa ololmagan.Qaysi hudud o‘qituvchilari yaxshiroq natija ko‘rsatdi?Eng past ko‘rsatkich Andijon viloyatida kuzatilgan — 24,9 foiz. Surxondaryoda bu ko‘rsatkich 31,9 foiz, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 33,4 foizdan iborat bo‘lgan.Shu tariqa, Buxoro va Andijon viloyatlari o‘rtasidagi farq qariyb ikki baravarni tashkil etgan.Toshkent shahrida pedagoglarning 42 foizi sertifikat olgan bo‘lsa, Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 34,1 foiz bo‘lgan.Qaysi oliygoh bitiruvchilari yetakchi?Agentlik kamida 200 nafar bitiruvchisi sinovga jalb etilgan 28 ta oliygoh natijalarini taqqoslagan.Eng yuqori ko‘rsatkichlar:Shu tariqa, tahlilga kiritilgan oliygohlar o‘rtasidagi farq 2,6 baravarga yetgan.Pedagogika oliygohlari oddiy universitetlardan ortda qoldiTahlilning yana bir e’tiborli jihati — pedagogika oliygohlari bitiruvchilari oddiy davlat universitetlari bitiruvchilaridan pastroq natija ko‘rsatdi.Xususan, 17 ta pedagogika oliygohi bitiruvchilarining 37,2 foizi kasbiy sertifikat olgan. An’anaviy davlat universitetlari bitiruvchilarida esa bu ko‘rsatkich 39,9 foizni tashkil etgan.Ayrim yirik pedagogika oliygohlarining natijalari ham respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (37,7%) past bo‘lgan.Agentlik tahlilida bunday farqlar oliygohlarga qabul jarayoni, o‘quv dasturlarida fan bilimlariga ajratilgan o‘rin va hududiy omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.Mualliflar kasbiy sertifikatlash natijalarini pedagog kadrlar tayyorlash sifatini baholashda muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida ko‘radi.
Tahlilga kiritilgan 28 ta oliygoh bitiruvchilari orasida kasbiy sertifikat olish ko‘rsatkichi 22,6 foizdan 58,2 foizgacha farq qildi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekistonda pedagoglarni kasbiy sertifikatlash natijalari hududlar va oliygohlar kesimida katta farqlarni ko‘rsatdi. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 2024–2026 yillardagi sinovlar tahlilida ma’lum qilindi.
Jami 47 936 nafar pedagog kasbiy sertifikatlashga jalb etilgan. Ularning 18 079 nafari (37,7 foizi) sertifikat olgan, 29 857 nafari esa ololmagan.
Qaysi hudud o‘qituvchilari yaxshiroq natija ko‘rsatdi?
Kasbiy sertifikat olganlar ulushi bo‘yicha Buxoro viloyati yetakchi bo‘ldi — 49,7 foiz. Keyingi o‘rinlarda Sirdaryo (43,5%), Navoiy (42,5%) va Farg‘ona (42,4%) viloyatlari qayd etilgan.
Eng past ko‘rsatkich Andijon viloyatida kuzatilgan — 24,9 foiz. Surxondaryoda bu ko‘rsatkich 31,9 foiz, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 33,4 foizdan iborat bo‘lgan.
Shu tariqa, Buxoro va Andijon viloyatlari o‘rtasidagi farq qariyb ikki baravarni tashkil etgan.
Toshkent shahrida pedagoglarning 42 foizi sertifikat olgan bo‘lsa, Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 34,1 foiz bo‘lgan.
Qaysi oliygoh bitiruvchilari yetakchi?
Agentlik kamida 200 nafar bitiruvchisi sinovga jalb etilgan 28 ta oliygoh natijalarini taqqoslagan.
Eng yuqori ko‘rsatkichlar:
Samarqand davlat chet tillar instituti — 58,2%;
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — 52,8%;
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 52,4%;
Buxoro davlat universiteti — 49,3%;
Buxoro davlat pedagogika instituti — 46,7%.
Eng past natijalar esa Namangan davlat texnika universiteti (22,6%), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (24,3%) hamda Andijon davlat universiteti (25,8%) bitiruvchilarida qayd etilgan.
Shu tariqa, tahlilga kiritilgan oliygohlar o‘rtasidagi farq 2,6 baravarga yetgan.
Pedagogika oliygohlari oddiy universitetlardan ortda qoldi
Tahlilning yana bir e’tiborli jihati — pedagogika oliygohlari bitiruvchilari oddiy davlat universitetlari bitiruvchilaridan pastroq natija ko‘rsatdi.Xususan, 17 ta pedagogika oliygohi bitiruvchilarining 37,2 foizi kasbiy sertifikat olgan. An’anaviy davlat universitetlari bitiruvchilarida esa bu ko‘rsatkich 39,9 foizni tashkil etgan.
Ayrim yirik pedagogika oliygohlarining natijalari ham respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (37,7%) past bo‘lgan.
Masalan, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti bitiruvchilarida 36,4 foiz, Jizzax davlat pedagogika universitetida 35,1 foiz va Chirchiq davlat pedagogika universitetida 36,8 foiz qayd etilgan.
Agentlik tahlilida bunday farqlar oliygohlarga qabul jarayoni, o‘quv dasturlarida fan bilimlariga ajratilgan o‘rin va hududiy omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.
Mualliflar kasbiy sertifikatlash natijalarini pedagog kadrlar tayyorlash sifatini baholashda muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida ko‘radi.
Shu bilan birga, natijalar sinovga jalb etilgan pedagoglarga taalluqli bo‘lib, barcha o‘qituvchilarning bilim darajasini aks ettirmaydi. Tahlil 2026-yil 8-sentabr holatidagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan.