https://oz.sputniknews.uz/20261115/zelenskyy-donbass-referendum-shart-62023469.html
Zelenskiy Donbassdan chiqish bo‘yicha referendum shartini aytdi
Zelenskiy Donbassdan chiqish bo‘yicha referendum shartini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqish masalasini xavfsizlik kafolatlari evaziga referendumga qo‘yishi mumkinligini aytdi. U avval bunday qadamni rad etgan, biroq hozircha aniq kelishuv yo‘q. AQSh NATO shartlarini so‘ragan.
2026-11-15T10:18+0500
2026-11-15T10:18+0500
2026-11-15T10:18+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
donbass
nato
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37672524_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_79e0d132ed9fc75b9b26c529b70111e0.jpg
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Vladimir Zelenskiy avval Donbassdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqishga qarshi chiqqan bo‘lsa, endi bu masalani muayan shartlar asosida referendumga qo‘yishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Zelenskiyning aytishicha, agar AQSh va boshqa g‘arblik hamkorlar Ukrainaga aniq xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga olgan taklifni tasdiqlasa, u bu masalani mamlakat aholisi muhokamasiga qo‘yishga tayyor.Gap NATO va Yevropa Ittifoqining xavfsizlik kafolatlari, Ukraina armiyasini qurol-yarog‘ va moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash, shuningdek, mamlakatni tiklash rejasi haqida ketmoqda.Biroq u hozircha aniq taklif mavjud emasligini va muzokaralar davom etayotganini ta’kidladi.Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh vakillari muzokaralarda birinchi marta Ukrainaning NATOga a’zoligi evaziga Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqish imkoniyati haqida savol bergan. Bu masala hozircha muhokama darajasida qolmoqda.Avvalgi bayonotlar2026 yil fevralida Zelenskiy Donbassdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqish imkoniyatini qat’iy rad etgan edi. U Kyodo News agentligiga bergan intervyusida Ukraina o‘z hududlaridan chekina olmasligini, chunki bu mamlakatning mudofaa chizig‘i ekanini ta’kidlagan.BBC bilan suhbatda ham u bunday qadam Ukraina pozitsiyalarini zaiflashtirishi va jamiyatda bo‘linishga olib kelishi mumkinligini aytgan.Rossiya esa Ukraina qo‘shinlarining Donbassdan olib chiqilishi va Kiyevning NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishini mojaroni hal qilish shartlari qatorida ko‘rsatib kelmoqda.Avvalroq Vladimir Putin Ukrainaning neytral maqomi Rossiyaning asosiy talablaridan biri bo‘lib qolayotganini bildirgan. U Ukraina hududida xorijiy qo‘shinlarning joylashtirilishi Rossiya uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanini ham ta’kidlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20261029/russia-61602555.html
donbass
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37672524_332:0:3000:2001_1920x0_80_0_0_604a64f9a90a7e4859472acc0b2e0640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, donbass, nato, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, donbass, nato, ukraina
Zelenskiy Donbassdan chiqish bo‘yicha referendum shartini aytdi
Avval Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqishga qat’iy qarshi chiqqan Zelenskiy endi bu masalani referendumga qo‘yishi mumkinligini aytdi. Buning uchun u G‘arbdan xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Vladimir Zelenskiy avval Donbassdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqishga qarshi chiqqan bo‘lsa, endi bu masalani muayan shartlar asosida referendumga qo‘yishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Zelenskiyning aytishicha, agar AQSh va boshqa g‘arblik hamkorlar Ukrainaga aniq xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga olgan taklifni tasdiqlasa, u bu masalani mamlakat aholisi muhokamasiga qo‘yishga tayyor.
Gap NATO va Yevropa Ittifoqining xavfsizlik kafolatlari, Ukraina armiyasini qurol-yarog‘ va moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash, shuningdek, mamlakatni tiklash rejasi haqida ketmoqda.
"Agar Amerika tomoni NATOdagi boshqa hamkorlar bilan birga buni tasdiqlasa, jamiyatimizdan buni qabul qilamizmi yoki yo‘qmi, deb so‘rayman", — dedi Zelenskiy.
Biroq u hozircha aniq taklif mavjud emasligini va muzokaralar davom etayotganini ta’kidladi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh vakillari muzokaralarda birinchi marta Ukrainaning NATOga a’zoligi evaziga Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqish imkoniyati haqida savol bergan. Bu masala hozircha muhokama darajasida qolmoqda.
2026 yil fevralida Zelenskiy Donbassdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqish imkoniyatini qat’iy rad etgan edi. U Kyodo News agentligiga bergan intervyusida Ukraina o‘z hududlaridan chekina olmasligini, chunki bu mamlakatning mudofaa chizig‘i ekanini ta’kidlagan.
BBC bilan suhbatda ham u bunday qadam Ukraina pozitsiyalarini zaiflashtirishi va jamiyatda bo‘linishga olib kelishi mumkinligini aytgan.
Ayni paytda Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish istiqboli ham noaniqligicha qolmoqda. Alyans bosh kotibi Mark Rutte 2026-yil aprelida Ukrainaning yaqin muddatda NATOga qo‘shilishi siyosiy sabablarga ko‘ra imkonsiz ekanini bildirgan.
Rossiya esa Ukraina qo‘shinlarining Donbassdan olib chiqilishi va Kiyevning NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishini mojaroni hal qilish shartlari qatorida ko‘rsatib kelmoqda.
Avvalroq Vladimir Putin Ukrainaning neytral maqomi Rossiyaning asosiy talablaridan biri bo‘lib qolayotganini bildirgan. U Ukraina hududida xorijiy qo‘shinlarning joylashtirilishi Rossiya uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanini ham ta’kidlagan.