Rossiyaga ishlash uchun kirishlarning qariyb yarmi o‘zbekistonliklar hissasiga to‘g‘ri keldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPassajiri u informatsionnogo tablo v aeroportu "Domodedovo".
Passajiri u informatsionnogo tablo v aeroportu Domodedovo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2026
Obuna bo‘lish
2026 yilning to‘qqiz oyida Rossiyaga ishlash maqsadida qilingan xorijiy safarlarning qariyb yarmi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Rossiyaga ishlash maqsadida 1 535 026-marta safar qilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular xorijliklar orasida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Ushbu davrda xorijliklarning Rossiyaga ishlash maqsadida kirishi 3,2 million martadan oshgan. Shundan qariyb 48 foizi O‘zbekiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Tojikiston fuqarolari egalladi — 665 892 ta safar. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (385 169), Qozog‘iston (176 037) va Xitoy (127 176) fuqarolari joylashdi.
Ayni paytda O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga ishlash maqsadida borishlari kamaygan. 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 1 771 406 ta shunday safar qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda ular soni 236 380 taga yoki 13,3 foizga qisqargan.
Rossiyaga ishlash uchun borishlar soni kamayganiga qaramay, 2026-yilning birinchi yarmida Rossiyadan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga ko‘paygan.
Joriy yilning birinchi choragida Rossiyaning O‘zbekistonga xorijdan kelib tushgan jami pul o‘tkazmalaridagi ulushi 72,4 foizni tashkil etgan.
Ministr vnutrennix del RF Vladimir Kolokolsev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2026
Rossiya ichki ishlar vaziri migratsiya nazorati natijalari va rejalar haqida ma’lumot berdi
Yangiliklar lentasi
0