https://oz.sputniknews.uz/20261115/max-uzbek-interfeys-taqdimot-62024357.html
MAX messenjerining o‘zbekcha interfeysi taqdim etildi — O‘zbekistonda 4 mln foydalanuvchi
MAX messenjerining o‘zbekcha interfeysi taqdim etildi — O‘zbekistonda 4 mln foydalanuvchi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada MAX messenjerining o‘zbekcha interfeysi taqdim etildi. O‘zbekiston uning eng yirik xorijiy bozori hisoblanadi. Mamlakatda 4 mln foydalanuvchi bor, ular har kuni 11,7 mln xabar va 1,3 mln qo‘ng‘iroq amalga oshiradi.
2026-11-15T10:58+0500
2026-11-15T10:58+0500
2026-11-15T10:58+0500
ijtimoiy tarmoq
internet
raqamli texnologiyalar
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbek tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0f/62021527_0:0:950:534_1920x0_80_0_0_70a7ff3f6458e13d2570e241c8af8e51.jpg
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiyaning VK kompaniyasi ishlab chiqqan MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi Moskvada taqdim etildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.Taqdimotda O‘zbekiston OAV vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Unda platformaning imkoniyatlari, rivojlanishi va xavfsizlik choralari haqida ma’lumot berildi.MAX vakillarining ma’lumotiga ko‘ra:Shuningdek, platformada ikki bosqichli autentifikatsiya, maxfiylik sozlamalari va firibgarlikdan himoyalanish vositalari nazarda tutilgan.MAX messenjeriga o‘zbek tilidagi interfeys 2026-yil avgustida qo‘shilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20261109/vk-bloger-mualliflar-daromad-taklif-61868784.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0f/62021527_119:0:832:535_1920x0_80_0_0_c71665948d1add88b36ec93c6f42d0b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijtimoiy tarmoq, internet, raqamli texnologiyalar, o‘zbekiston, rossiya, o‘zbek tili
ijtimoiy tarmoq, internet, raqamli texnologiyalar, o‘zbekiston, rossiya, o‘zbek tili
MAX messenjerining o‘zbekcha interfeysi taqdim etildi — O‘zbekistonda 4 mln foydalanuvchi
O‘zbekiston MAX messenjerining eng yirik xorijiy bozori bo‘lib, mamlakatda platforma foydalanuvchilari soni 4 millionga yetgan.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiyaning VK kompaniyasi ishlab chiqqan MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi Moskvada taqdim etildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi
xabar berdi.
Taqdimotda O‘zbekiston OAV vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Unda platformaning imkoniyatlari, rivojlanishi va xavfsizlik choralari haqida ma’lumot berildi.
MAX vakillarining ma’lumotiga ko‘ra:
Messenjerning 11,5 million xorijiy foydalanuvchisidan 4 millioni O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi;
O‘zbekiston MAX foydalanuvchilari soni bo‘yicha xorijiy davlatlar orasida birinchi o‘rinda turadi;
Mamlakatda har kuni MAX orqali 11,7 million xabar yuboriladi;
Kuniga 1,3 million audio va video qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.
Messenjerda chatlar, kanallar, audio va video qo‘ng‘iroqlar, 4 GB gacha bo‘lgan fayllarni yuborish hamda ovozli xabarlarni matnga aylantirish imkoniyatlari mavjud.
Shuningdek, platformada ikki bosqichli autentifikatsiya, maxfiylik sozlamalari va firibgarlikdan himoyalanish vositalari nazarda tutilgan.
MAX messenjeriga o‘zbek tilidagi interfeys 2026-yil avgustida qo‘shilgan.