Ar-Riyod aeroporti parvozlarni tiklamoqda, husiylar yangi zarbalar bilan tahdid qildi

© REUTERS / Hamad I MohammedGorod Er-Riyad (Saudovskaya Araviya)
Gorod Er-Riyad (Saudovskaya Araviya) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2026
Obuna bo‘lish
Ikki haftalik uzilishdan so‘ng Ar-Riyod aeroporti parvozlarni qayta tiklamoqda. Husiylar esa yangi hujumlar bilan ogohlantirdi.
TOShKENT, 25-oktabr — Sputnik. Saudiya Arabistoni poytaxtidagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti ikki haftalik uzilishdan so‘ng parvozlarni qayta tiklashini e’lon qildi. Biroq Yamandagi husiylar harakati aeroportga yangi zarbalar berish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Aeroport ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, 25-oktabrdan boshlab birinchi terminal ichki reyslar, ikkinchi terminal esa Saudiya Arabistoni milliy aviakompaniyalarining xalqaro reyslari uchun ajratiladi.
Yo‘lovchilarga aeroportga borishdan oldin aviakompaniyalar bilan bog‘lanib, reyslar jadvali va chiptalari holatini tekshirish tavsiya etilgan.
Husiylar yangi zarbalar bilan tahdid qildi
Parvozlarni tiklash rejasi e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib, husiylarning harbiy vakili Yahyo Saria aeroport hanuz harbiy nishon hisoblanishini ma’lum qildi.
U aviakompaniyalar, aeroport xodimlari va yo‘lovchilarni mazkur havo bandargohidan foydalanmaslikka chaqirib, unga qarshi zarbalar davom ettirilishini bildirdi.
25 oktabr kuni Ar-Riyodda yana portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqaldi. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya poytaxt hududida uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilganini ma’lum qildi.
Aeroportda nima sodir bo‘lgan edi?
Ar-Riyod aeroporti faoliyati 10-oktabr kuni husiylar o‘z zimmasiga olgan hujumdan so‘ng to‘xtatilgan edi.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ortiq kishi jarohatlangan. Shundan so‘ng aeroport faoliyatiga cheklovlar kiritilgan, ayrim reyslar esa bosqichma-bosqich tiklana boshlagan.
Husiylar so‘nggi haftalarda Saudiya Arabistonidagi aeroportlar, portlar va neft infratuzilmasi obyektlariga raketa hamda dronlar bilan hujumlar uyushtirib kelmoqda.
Vaziyat O‘zbekiston ziyoratchilariga ta’sir qiladimi?
Saudiya Arabistonidagi aviaqatnovlar xavfsizligi O‘zbekiston fuqarolari, jumladan Umra ziyoratiga boruvchilar uchun ham ahamiyatli.
Biroq O‘zbekistondan Umra safarlari asosan Jidda va Madina yo‘nalishlari orqali tashkil etiladi. Ar-Riyod aeroporti esa Saudiya Arabistoni poytaxtida joylashgan alohida xalqaro transport markazidir.
Shu sababli Ar-Riyod aeroportidagi cheklovlar O‘zbekistondan Umraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar to‘xtatilganini anglatmaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi va havo hududlariga kiritilgan cheklovlar sabab O‘zbekistondan Umra safarlari vaqtincha kechiktirilgan edi.
Xususan, 2-mart kuniga rejalashtirilgan Toshkent — Jidda ziyoratchilar reysi qoldirilgan. Keyinchalik, 10-martdan Saudiya Arabistoni va BAA bilan ikki tomonlama yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga qayta ruxsat berilgan.
Vstrecha glav MID RF i Irana Sergeya Lavrova i Abbasa Arakchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2026
Eron Ar-Riyod va husiylarni yarashtirishga yordam berishga tayyor
Yangiliklar lentasi
0