https://oz.sputniknews.uz/20261115/france-kocha-namoyishlar-62030049.html
Fransiyada ommaviy namoyishlar: 100 mingdan ortiq kishi ko‘chaga chiqdi, 219 kishi ushlandi
Fransiyada ommaviy namoyishlar: 100 mingdan ortiq kishi ko‘chaga chiqdi, 219 kishi ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
Fransiyada ommaviy namoyishlar davom etmoqda. 100 mingdan ortiq kishi ko‘chaga chiqdi, 219 kishi ushlandi. Ayrim shaharlarda politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi, jurnalistlarga ham hujum qilindi.
2026-11-15T18:51+0500
2026-11-15T18:51+0500
2026-11-15T18:51+0500
ommaviy tartibsizlik
fransiya
parij
yevropa
norozilik namoyishi
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/05/60967027_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_ed2b50c735b60eaa947daf9d797703c5.jpg
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Fransiyada 14-noyabr kuni o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlarida 219 kishi qo‘lga olindi. Mamlakat bo‘ylab 106 ming nafar fuqaro ko‘chaga chiqdi, deb xabar berdi Fransiya Ichki ishlar vazirligi.Mamlakat bo‘ylab jami 137 ta norozilik aksiyasi o‘tkazilgan. Parijning o‘zida 24 ming kishi namoyishlarda qatnashgan. Tashkilotchilar esa ishtirokchilarning umumiy soni 200 mingga yetganini bildirmoqda.Marsel, Lion, Bordo, Grenobl va boshqa shaharlarda namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Ayrim ishtirokchilar huquq-tartibot xodimlariga tosh va boshqa buyumlar otgan, ko‘chalarda chiqindi qutilariga o‘t qo‘yilgan. Politsiya ayrim hududlarda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.To‘qnashuvlar oqibatida 10 nafar politsiya xodimi yengil jarohat olgan.Lion shahrida esa namoyish vaqtida BFMTV telekanalining tasvirga olish guruhiga hujum qilingan. Jurnalistlar kaltaklangan, ulardan birining kamerasiga zarar yetkazilgan. Hujumga aloqadorlikda gumonlangan shaxslardan biri ushlangan.Fransiyada ommaviy noroziliklar sentabr oyida maktablardagi sharoitlar va o‘qituvchilar yetishmasligiga qarshi aksiyalardan boshlangan. Keyinchalik ularga kasaba uyushmalari, talabalar hamda "sariq nimchalilar" harakati a’zolari qo‘shilgan.Kasaba uyushmalari 17-noyabr kuni yana umummilliy norozilik aksiyalari o‘tkazishga chaqirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20261019/france-ommaviy-tartibsizliklar-61319352.html
parij
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/05/60967027_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0016b92891efa29572b8ddfbbb27f88b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ommaviy tartibsizlik, fransiya, parij, yevropa, norozilik namoyishi, dunyo yangiliklari
ommaviy tartibsizlik, fransiya, parij, yevropa, norozilik namoyishi, dunyo yangiliklari
Fransiyada ommaviy namoyishlar: 100 mingdan ortiq kishi ko‘chaga chiqdi, 219 kishi ushlandi
Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, namoyishlarda 106 ming kishi qatnashgan. Tashkilotchilar esa ular soni 200 mingga yetganini bildirmoqda.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Fransiyada 14-noyabr kuni o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlarida 219 kishi qo‘lga olindi. Mamlakat bo‘ylab 106 ming nafar fuqaro ko‘chaga chiqdi, deb
xabar berdi Fransiya Ichki ishlar vazirligi.
Mamlakat bo‘ylab jami 137 ta norozilik aksiyasi o‘tkazilgan. Parijning o‘zida 24 ming kishi namoyishlarda qatnashgan. Tashkilotchilar esa ishtirokchilarning umumiy soni 200 mingga yetganini bildirmoqda.
Namoyishchilar yashash xarajatlarining oshishi, ish haqi pastligi, ta’lim tizimidagi muammolar va politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik bildirishmoqda.
Marsel, Lion, Bordo, Grenobl va boshqa shaharlarda namoyishchilar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Ayrim ishtirokchilar huquq-tartibot xodimlariga tosh va boshqa buyumlar otgan, ko‘chalarda chiqindi qutilariga o‘t qo‘yilgan. Politsiya ayrim hududlarda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.
To‘qnashuvlar oqibatida 10 nafar politsiya xodimi yengil jarohat olgan.
Lion shahrida esa namoyish vaqtida BFMTV telekanalining tasvirga olish guruhiga hujum qilingan. Jurnalistlar kaltaklangan, ulardan birining kamerasiga zarar yetkazilgan. Hujumga aloqadorlikda gumonlangan shaxslardan biri ushlangan.
Fransiyada ommaviy noroziliklar sentabr oyida maktablardagi sharoitlar va o‘qituvchilar yetishmasligiga qarshi aksiyalardan boshlangan. Keyinchalik ularga kasaba uyushmalari, talabalar hamda "sariq nimchalilar" harakati a’zolari qo‘shilgan.
14 noyabrdagi namoyishlar ketma-ket beshinchi shanba kuni o‘tkazildi. Biroq ishtirokchilar soni avvalgi haftalarga nisbatan kamaymoqda. Xususan, 17-oktabr kuni 565 ming kishi ko‘chaga chiqqan bo‘lsa, 7-noyabrda ular soni 146 ming nafarni tashkil etgan.
Kasaba uyushmalari 17-noyabr kuni yana umummilliy norozilik aksiyalari o‘tkazishga chaqirmoqda.