https://oz.sputniknews.uz/20261019/france-ommaviy-tartibsizliklar-61319352.html
Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: 2400 kishi qo‘lga olindi
Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: 2400 kishi qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Fransiyada ommaviy tartibsizliklar ortidan 2,4 ming kishi ushlandi. Ichki ishlar vaziri iste’foga chiqishni taklif qildi, ammo Makron rad etdi. Parijda Luvr ochilishi kechikdi, Marselda namoyishlarga cheklov qo‘yildi.
2026-10-19T16:28+0500
2026-10-19T16:28+0500
2026-10-19T16:28+0500
dunyo yangiliklari
fransiya
norozilik namoyishi
parij
emmanuel makron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61318644_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f013edb382313d8fdb867f395aa431de.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Fransiyada ommaviy tartibsizliklar ortidan ichki ishlar vaziri Loran Nunyes iste’foga chiqishni taklif qildi, ammo prezident Emmanuel Makron buni rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Yelisey saroyiga ko‘ra, bunday qaror hozirgi vaziyatda huquq-tartibot idoralarini uzluksiz boshqarish zarurati bilan bog‘liq.Makron vazirga tartibsizliklar va talonchilikni to‘xtatish uchun zudlik bilan yangi choralar ishlab chiqishni, shuningdek, politsiya va razvedka idoralari vaziyatni nega oldindan baholay olmaganini aniqlashni topshirdi.Nunyes mamlakatning ayrim yirik shaharlarida politsiya vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotganini tan oldi.Tartibsizliklar ko‘lami17 oktabrda Fransiya bo‘ylab o‘tkazilgan ommaviy namoyishlarda, IIV ma’lumotiga ko‘ra, 550 ming kishi, tashkilotchilar hisobicha esa 800 mingga yaqin fuqaro qatnashgan.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab kamida 2,4 ming kishi qo‘lga olingan. Faqat Parij mintaqasida 855 kishi ushlangan.Limoj shahrida XIX asrda qurilgan tarixiy meriya binosiga o‘t qo‘yildi. Yong‘in oqibatida uning tomi qulab tushdi va binoning katta qismi vayron bo‘ldi.Tartibsizliklar yakshanba kuni ham davom etdi. Parij, Lion va Marselda do‘konlar talandi, avtomobillar va chiqindi qutilariga o‘t qo‘yildi.Dushanba kuni Marselda soat 12:00 dan 20:00 gacha namoyish va ommaviy yig‘ilishlar taqiqlandi. Parijda esa talabalar Luvr muzeyiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygani sababli u belgilangan vaqtda ochilmadi.Noroziliklar sababiNamoyishlar dastlab sentabrda maktablardagi sharoitlar, o‘qituvchilar yetishmasligi va ta’lim tizimidagi muammolar tufayli boshlangan.Keyinchalik harakatga kasaba uyushmalari, talabalar va "sariq nimchalilar" qo‘shildi. Noroziliklarga yashash xarajatlari va yoqilg‘i narxlarining oshishi, davlat xizmatlari sifatining pasayishi ham sabab bo‘ldi.Hukumat tartibsizliklarga aloqador zo‘ravonliklarda o‘ta so‘l guruhlar va jinoyatchilarni ayblamoqda. Muxolifat esa hukumatning ijtimoiy muammolarga munosabati va politsiya harakatlarini tanqid qilmoqda.Vaziyat 2027-yildagi prezident saylovlari arafasida Fransiya hukumatiga siyosiy bosimni kuchaytirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20261018/frantsiya-namoyishlar-61299305.html
parij
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/13/61318644_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_4d61883cad66d46f6a3f51db6e817830.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, fransiya, norozilik namoyishi, parij, emmanuel makron
dunyo yangiliklari, fransiya, norozilik namoyishi, parij, emmanuel makron
Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: 2400 kishi qo‘lga olindi
Fransiyadagi tartibsizliklarda 2,4 ming kishi ushlandi. IIV rahbari iste’foga chiqishni taklif qildi, ammo Makron buni rad etdi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Fransiyada ommaviy tartibsizliklar ortidan ichki ishlar vaziri Loran Nunyes iste’foga chiqishni taklif qildi, ammo prezident Emmanuel Makron buni rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Yelisey saroyiga ko‘ra, bunday qaror hozirgi vaziyatda huquq-tartibot idoralarini uzluksiz boshqarish zarurati bilan bog‘liq.
Makron vazirga tartibsizliklar va talonchilikni to‘xtatish uchun zudlik bilan yangi choralar ishlab chiqishni, shuningdek, politsiya va razvedka idoralari vaziyatni nega oldindan baholay olmaganini aniqlashni topshirdi.
Nunyes mamlakatning ayrim yirik shaharlarida politsiya vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotganini tan oldi.
"Men sodir bo‘layotgan barcha voqealar uchun mas’ul bo‘lganim sababli iste’foga chiqishni taklif qildim", — dedi u France Inter radiosiga.
17 oktabrda Fransiya bo‘ylab o‘tkazilgan ommaviy namoyishlarda, IIV ma’lumotiga ko‘ra, 550 ming kishi, tashkilotchilar hisobicha esa 800 mingga yaqin fuqaro qatnashgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab kamida 2,4 ming kishi qo‘lga olingan. Faqat Parij mintaqasida 855 kishi ushlangan.
Limoj shahrida XIX asrda qurilgan tarixiy meriya binosiga o‘t qo‘yildi. Yong‘in oqibatida uning tomi qulab tushdi va binoning katta qismi vayron bo‘ldi.
Tartibsizliklar yakshanba kuni ham davom etdi. Parij, Lion va Marselda do‘konlar talandi, avtomobillar va chiqindi qutilariga o‘t qo‘yildi.
Dushanba kuni Marselda soat 12:00 dan 20:00 gacha namoyish va ommaviy yig‘ilishlar taqiqlandi. Parijda esa talabalar Luvr muzeyiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygani sababli u belgilangan vaqtda ochilmadi.
Namoyishlar dastlab sentabrda maktablardagi sharoitlar, o‘qituvchilar yetishmasligi va ta’lim tizimidagi muammolar tufayli boshlangan.
Keyinchalik harakatga kasaba uyushmalari, talabalar va "sariq nimchalilar" qo‘shildi. Noroziliklarga yashash xarajatlari va yoqilg‘i narxlarining oshishi, davlat xizmatlari sifatining pasayishi ham sabab bo‘ldi.
Hukumat tartibsizliklarga aloqador zo‘ravonliklarda o‘ta so‘l guruhlar va jinoyatchilarni ayblamoqda. Muxolifat esa hukumatning ijtimoiy muammolarga munosabati va politsiya harakatlarini tanqid qilmoqda.
Vaziyat 2027-yildagi prezident saylovlari arafasida Fransiya hukumatiga siyosiy bosimni kuchaytirmoqda.