Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Polsha Ukraina uchun Amerika qurollarini xarid qilishni moliyalashtirishni to‘xtatdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSammit Soveta Yevropi
Sammit Soveta Yevropi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2026
Obuna bo‘lish
Polsha bosh vaziri bu qaror sabablarini ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Polsha NATOning Ukraina uchun Amerika qurollarini sotib olish dasturiga hissa qo‘shishni davom ettirmaydi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Men NATO bosh kotibi Mark Ruttega biz hozircha PURL dasturiga – Yevropa pullariga Ukraina uchun Amerika qurollari xarid qilish – badal kiritmasligimizni aytdim”, - dedi Tusk matbuot anjumanida.

Polsha bosh vaziri bu qarorini yuqori budjet taqchilligi va mamlakat mudofaasiga sarflanayotgan xarajatlar bilan izohladi.
Ukraina uchun Amerika qurollarini Yevropa pullari evaziga xarid qilish tashabbusi AQSh ma’muriyati Kiyev rejimiga qurol-yarog‘larni bepul yetkazib berishni davom ettirishdan bosh tortganidan keyin paydo bo‘lgan.
Moskva G‘arbning Ukraina rejimiga qurol yetkazib berishi mojaroni cho‘zishini bir necha bor ta’kidlagan va qurol ortilgan har qanday transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishidan ogohlantirgan.
Peter Madyar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Vengriya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortdi
Yangiliklar lentasi
0