Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Vengriya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortdi

© AP Photo / Denes ErdosPeter Madyar
Peter Madyar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2026
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri respublika orqali qurol tranzitiga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Budapesht Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib bermaydi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Peter Madyar ma’lum qildi.
“Vengriya Ukrainaga qurolli yordam ko‘rsatish niyatida emas va o‘z hududi orqali qurol yetkazib berish tranzitiga yo‘l qo‘ymaydi”, - dedi u Finlyandiyaning “Helsingin Sanomat” gazetasiga bergan intervyusida.
Vengriya hukumat rahbari Karpatortidagi venger ozchiligining huquqlari muhimligini ta’kidladi. Madyarning so‘zlariga ko‘ra, bu masalani hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Madyar 2026-yil mayida mamlakat hukumati tepasiga keldi. U bu lavozimda 2010-yildan beri hukumatni boshqargan Viktor Orbanning o‘rnini egalladi.
Hokimiyatga kelganidan so‘ng Vengriyaning yangi bosh vaziri Rossiya bilan, ayniqsa, iqtisodiy sohada pragmatik munosabatlarni saqlab qolish niyati borligini bildirdi.
Moskva G‘arbning Ukraina rejimiga qurol yetkazib berishi mojaroni cho‘zishini bir necha bor ta’kidlagan va qurol ortilgan har qanday transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishidan ogohlantirgan.
Flagi Bolgarii i Yevropeyskogo soyuza na zdanii v Sofii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Bolgariya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib bermasligini e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0