https://oz.sputniknews.uz/20261114/mirziyoeva-62006029.html
Mirziyoyeva: har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilib, aholi o‘zgarishlarni hayotida his qilsin
Mirziyoyeva: har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilib, aholi o‘zgarishlarni hayotida his qilsin
Sputnik O‘zbekiston
Prezident administratsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot qancha kuchaysa, odamlar farovonligi uchun ham shuncha ko‘p imkoniyat paydo bo‘ladi. 14.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-14T10:01+0500
2026-11-14T10:01+0500
2026-11-14T10:01+0500
jamiyat
saida mirziyoyeva
o‘zbekiston
davlat budjeti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0e/62005647_0:134:2560:1574_1920x0_80_0_0_9019bf196ad4adcd450833c51c3aa3d0.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston hukumati kelgusi yilgi budjet xarajatlarining ochiqligi va shaffofligiga alohida e’tibor qaratadi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra ma’lum qildi.Yig‘ilishda 2027-yilgi davlat budjeti parametrlari va mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashning yangi yondashuvlari muhokama qilindi.Prezident administratsiyasi rahbarining ta’kidlashicha, asosiy soliqlar oshirilmaydi. Tadbirkorlarga keng yo‘l ochib, zamonaviy sanoat rivojlantiriladi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi.Davlat budjeti loyihasida 416 trln so‘m daromad va 464 trln xarajatlar nazarda tutilgan. 176 trln so‘mga yaqin mablag‘ ta’lim va sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Loyiha yalpi ichki mahsulotning 7 foizga o‘sishi, inflyatsiyaning 6 foizga pasayishi prognozi asosida hisoblanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20261114/byudjeti-loyihasi-62004910.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0e/62005647_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_57edc6f2663a6e761160fe726381b1ac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, saida mirziyoyeva, o‘zbekiston, davlat budjeti
jamiyat, saida mirziyoyeva, o‘zbekiston, davlat budjeti
Mirziyoyeva: har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilib, aholi o‘zgarishlarni hayotida his qilsin
Prezident administratsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot qancha kuchaysa, odamlar farovonligi uchun ham shuncha ko‘p imkoniyat paydo bo‘ladi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston hukumati kelgusi yilgi budjet xarajatlarining ochiqligi va shaffofligiga alohida e’tibor qaratadi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra ma’lum qildi.
Yig‘ilishda 2027-yilgi davlat budjeti parametrlari va mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashning yangi yondashuvlari muhokama qilindi.
“Bunda asosiy e’tiborimiz raqamli nazorat va ochiqlikni kuchaytirishga qaratiladi. Toki har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilib, odamlar bu o‘zgarishlar natijasini o‘z oilasida, kundalik hayotida his qilsin”, - deya
yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.
Prezident administratsiyasi rahbarining ta’kidlashicha, asosiy soliqlar oshirilmaydi. Tadbirkorlarga keng yo‘l ochib, zamonaviy sanoat rivojlantiriladi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
“Chunki iqtisodiyot qancha kuchaysa, odamlar farovonligi uchun ham shuncha ko‘p imkoniyat paydo bo‘ladi: kelgusi yilda ham budjetning eng katta qismi farzandlarimiz ta’limi, tibbiyot va mahallalar obodligiga ajratiladi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Davlat budjeti loyihasida 416 trln so‘m daromad va 464 trln xarajatlar nazarda tutilgan. 176 trln so‘mga yaqin mablag‘ ta’lim va sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Loyiha yalpi ichki mahsulotning 7 foizga o‘sishi, inflyatsiyaning 6 foizga pasayishi prognozi asosida hisoblanmoqda.