Budjet loyihasi: iqtisodiyot 7 foizga o‘sadi, inflyatsiya 6 foizgacha pasayishi kutilyapti

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 2027-yilgi davlat budjeti loyihasida daromadlar 416 trln so‘m, xarajatlar 464 trln so‘m bo‘lishi mo‘ljallangan.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2027-yil uchun Davlat budjetining maqsadli ko‘rsatkichlari, asosiy makroiqtisodiy prognozlar hamda budjet-soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil yakunida mamlakat iqtisodiyoti kamida 8 foizga o‘sishi, yalpi ichki mahsulot hajmi 200 milliard dollardan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad esa 5,2 ming dollardan oshishi kutilmoqda.
2030 yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga, kelgusi o‘n yilda aholi jon boshiga daromadni 10 ming dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni moliyalashtirish uchun jami 176 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Ta’limga 114,3 trillion so‘m (o‘tgan yildan 14 trillion so‘m ko‘p), tibbiyotga 61,4 trillion so‘m (o‘tgan yildan 12 trillion so‘m ko‘p) ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, hududlar va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish uchun 70 trillion so‘m ajratilishi belgilanmoqda.
Ijtimoiy majburiyatlarni barqaror moliyalashtirish uchun iqtisodiyotning yillik o‘sish sur’atlarini kamida 7 foiz darajasida ta’minlash, mavjud zaxiralar va yangi texnologik omillarni ishga solish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda 2027-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy prognozlar ko‘rib chiqildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmi 2027-yilda 232 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.
Shu bilan birga, inflyatsiya darajasini 2027-yilda 6 foizga, 2028–2029 yillarda esa 5 foizgacha pasaytirish, oltinsiz eksport hajmini 2027-yilda qariyb 40 milliard dollarga yetkazish nazarda tutilmoqda.
Taqdimotda 2027-yil uchun Davlat budjeti daromadlarini 416 trillion so‘m, xarajatlarini esa 464 trillion so‘m miqdorida belgilash nazarda tutilayotgani ma’lum qilindi.
Budjet loyihasi iqtisodiy o‘sishning 7 foizlik prognozi asosida shakllantirilmoqda.
Jahondagi geosiyosiy va iqtisodiy noaniqliklar sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kelgusi yilda inflyatsiyani 6 foizdan oshirmaslik, umumiy fiskal taqchillikni yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz doirasida saqlash muhim vazifa etib belgilandi.
2027 yilda ham asosiy soliq stavkalarini o‘zgarishsiz saqlash ko‘zda tutilmoqda.
Bunday sharoitda budjet daromadlarini ko‘paytirishning asosiy manbai iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, soliq bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish bo‘lishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali soliq va bojxona tushumlarini qo‘shimcha oshirish, tadbirkorlar uchun qulay va shaffof muhit yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Mutasaddilarga 2027-yilda 65 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish bo‘yicha tarmoqlar hamda hududlar kesimida aniq rejalar ishlab chiqish topshirildi.
Qonunchilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari mahalliy Kengashlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Dinamika obyema VVP Uzbekistana za 5 let - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2026
O‘zbekiston YaIM besh yilda qanday o‘zgardi — infografika
Yangiliklar lentasi
0