https://oz.sputniknews.uz/20261114/gaz-62011139.html
Qishda gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy obyektlarga yetkazib beriladi
Qishda gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy obyektlarga yetkazib beriladi
Sputnik O‘zbekiston
1 oktabrdan 2027-yil 31-martgacha kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.
2026-11-14T14:10+0500
2026-11-14T14:10+0500
2026-11-14T14:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45572150_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_4b4914844f88b6497d21e0027e6215e5.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. 1-oktabrdan 2027-yil 31-martgacha kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, mavjud gaz resurslari birinchi navbatda aholi xonadonlari, maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltiriladi.Energetika vazirligi “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot” va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda gaz resurslari hamda ob-havo sharoitidan kelib chiqib, yetkazib berishning 10 kunlik va kunlik jadvallarini ishlab chiqadi.Ushbu jadvallar har oyning 25-sanasigacha kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.Magistral quvurlarda bosim pasayishi yoki gaz resurslari hajmi kutilmaganda o‘zgargan taqdirda, taqsimot tezkor qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan ta’minlash ustuvorligi saqlanadi.Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi har oyning oxirgi kunigacha keyingi oy uchun hududlar va yirik ulgurji iste’molchilar kesimida gaz yetkazib berish jadvallarini tasdiqlaydi.Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Hududgazta’minot’ning hududiy filiallari bilan birgalikda ushbu jadvallar asosida tuman va shaharlar kesimida gaz taqsimotini tashkil etadi. Bunda ham aholi va ijtimoiy obyektlar ta’minotiga birinchi navbatda e’tibor qaratiladi.Havo harorati keskin pasaygan davrda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga gaz yetkazib berishni barqaror saqlash uchun boshqa toifadagi iste’molchilarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20261106/iiv-61782459.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45572150_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_f8806480a11ea40a360525a8ddb7f7b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, gaz
jamiyat, o‘zbekiston, gaz
Qishda gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy obyektlarga yetkazib beriladi
Havo harorati keskin pasayganda boshqa toifadagi iste’molchilarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. 1-oktabrdan 2027-yil 31-martgacha kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, mavjud gaz resurslari birinchi navbatda aholi xonadonlari, maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltiriladi.
Energetika vazirligi “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot” va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda gaz resurslari hamda ob-havo sharoitidan kelib chiqib, yetkazib berishning 10 kunlik va kunlik jadvallarini ishlab chiqadi.
Ushbu jadvallar har oyning 25-sanasigacha kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Magistral quvurlarda bosim pasayishi yoki gaz resurslari hajmi kutilmaganda o‘zgargan taqdirda, taqsimot tezkor qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda aholi va ijtimoiy obyektlarni gaz bilan ta’minlash ustuvorligi saqlanadi.
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi har oyning oxirgi kunigacha keyingi oy uchun hududlar va yirik ulgurji iste’molchilar kesimida gaz yetkazib berish jadvallarini tasdiqlaydi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Hududgazta’minot’ning hududiy filiallari bilan birgalikda ushbu jadvallar asosida tuman va shaharlar kesimida gaz taqsimotini tashkil etadi. Bunda ham aholi va ijtimoiy obyektlar ta’minotiga birinchi navbatda e’tibor qaratiladi.
Havo harorati keskin pasaygan davrda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga gaz yetkazib berishni barqaror saqlash uchun boshqa toifadagi iste’molchilarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.