IIV aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berilishini nazorat qiladi

© Press-slujba MVD UzbekistanaMVD budet kontrolirovat postavku gaza i uglya naseleniyu
MVD budet kontrolirovat postavku gaza i uglya naseleniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
Obuna bo‘lish
Mas’ullarga energetika mahsulotlarini tashishda yuklar butligini nazorat qilish, gaz to‘ldirish shoxobchalari, omborlar va taqsimlash bazalari qo‘riqlanishini kuchaytirish topshirildi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov boshchiligida aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, oktabrda ko‘mir mahsulotini noqonuniy saqlash va o‘tkazish bilan bog‘liq jami 16 ta holatlar aniqlanib, jami 333 tonna 540 kg ko‘mir mahsulotlari noqonuniy muomaladan musodara qilinib, aholiga ehtiyojlari uchun yetkazildi.

Shuningdek, suyultirilgan gazni noqonuniy saqlash, o‘tkazish bilan bog‘liq jami 374 ta holat aniqlanib, noqonuniy muomaladan jami 9 139 dona gaz ballonlari hamda 92 tonna 936 kg suyultirilgan gaz musodara qilinib, aholi iste’moli uchun qaytarish choralari ko‘rildi.
© Press-slujba MVD UzbekistanaMVD budet kontrolirovat postavku gaza i uglya naseleniyu
MVD budet kontrolirovat postavku gaza i uglya naseleniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2026
MVD budet kontrolirovat postavku gaza i uglya naseleniyu
Shu munosabat bilan ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlariga hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilariga vazifalar qo‘yildi.

Xususan, hududlarda ta’minot bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, energetika mahsulotlarining temir yo‘l orqali tashilishida yuklar butligi va manzilga yetib borishini nazorat qilish, ularni tashuvchi transport vositalari harakatining xavfsizligini ta’minlash, gaz to‘ldirish shoxobchalari, omborlar va taqsimlash bazalarida qo‘riqlashni kuchaytirish, moddiy boyliklarning talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish topshirildi.

IIV "Hududgazta’minot" AJ bilan hamkorlikda suyultirilgan gaz ballonlarini aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish, mahsulot hajmi va taqsimotining hisobini yuritish, ta’minotdagi uzilishlar sabablarini aniqlash hamda iste’molchilar murojaatlarini hal etish, Transport vazirligi bilan birgalikda energetika mahsulotlarini tashish logistikasi va belgilangan yo‘nalishlarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Prezident oznakomilsya s dokladom o podgotovke neftegazovoy otrasli k osenne-zimnemu sezonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
Qishda uzluksiz ta’minot uchun benzin zaxirasi yaratilib, gaz tarmoqlari ta’mirlanadi
Yangiliklar lentasi
0