Banklar noqonuniy undirilgan foiz va jarimalarni qaytaradi – MB

© Sputnik / Baxrom Xatamov Uzbekskiy sum
Uzbekskiy sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2026
Obuna bo‘lish
Banklar 2026-yil 10-dekabrgacha ichki audit tekshiruvini o‘tkazishi shart.
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. O‘zbekistonda tijorat banklari sud qarori chiqarilgan kreditlar bo‘yicha qonunga zid ravishda hisoblangan foiz va jarimalarni bekor qilishi, undirilgan mablag‘larni esa qarz oluvchilarga qaytarishi kerak. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga ko‘ra, kredit qarzini undirish to‘g‘risida sud qarori chiqarilgandan so‘ng qarorda ko‘rsatilgan summaga yangi foiz, jarima yoki penya hisoblash to‘xtatiladi.

Ya’ni sud tomonidan undiriladigan qarz miqdori belgilanganidan keyin bu summa qo‘shimcha foiz va jarimalar hisobiga oshib bormasligi kerak.

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi qarori bilan tijorat banklari kuzatuv kengashlari va boshqaruvlariga ushbu talabga rioya etilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Banklar 2026-yil 10-dekabrgacha ichki audit tekshiruvini o‘tkazishi shart. Tekshiruv davomida sud qarori chiqarilgan kreditlar bo‘yicha foiz va jarimalarni hisoblash amaliyoti qonunchilikka muvofiqligi nuqtayi nazaridan to‘liq o‘rganilishi kerak.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari banklarning kuzatuv kengashlari va boshqaruvlari muhokamasiga kiritilishi lozim.
Regulyator banklardan qonunga zid ravishda hisoblangan foiz va jarimalarni zudlik bilan bekor qilishni talab qildi. Agar bunday mablag‘lar qarz oluvchilardan undirilgan bo‘lsa, ular qisqa muddat ichida mijozlarga qaytarilishi kerak.
Banklar ichki audit natijalari, amalga oshirilgan choralar va qarz oluvchilarga qaytarilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi batafsil hisobotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga 2026-yil 25-dekabrgacha Markaziy bankka taqdim etishi shart.
Markaziy bank kredit bo‘yicha sud qarori chiqarilganidan keyin ham foiz yoki jarima hisoblangan yoxud bunday mablag‘lar undirilgan holatlarga duch kelgan fuqarolarni murojaat qilishga chaqirdi.
Bunday holatga duch kelgan fuqarolar Markaziy bankning 71 200 00 44 yoki 1800 qisqa raqamli aloqa markaziga murojaat qilishi mumkin.
Zapreshayetsya privatizatsiya botanicheskix sadov i ix zemel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Moliyaviy jarima bekor qilinsa, pul foizi bilan qaytariladi—qonun loyihasi Senatga yuborildi
Yangiliklar lentasi
0