Moliyaviy jarima bekor qilinsa, pul foizi bilan qaytariladi—qonun loyihasi Senatga yuborildi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Zapreshayetsya privatizatsiya "botanicheskix sadov" i ix zemel
Zapreshayetsya privatizatsiya botanicheskix sadov i ix zemel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2026
Obuna bo‘lish
Deputatlar moliyaviy jarimalarni qo‘llash, ulardan shikoyat qilish va noqonuniy undirilgan pulni qaytarish tartibini ma’qulladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekistonda moliyaviy jarimalarni qo‘llash, ulardan shikoyat qilish va noqonuniy undirilgan mablag‘larni qaytarish tartibini belgilaydigan qonun loyihasi Qonunchilik palatasida uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Qonunchilik palatasi ma’lumotiga ko‘ra, hujjat tadbirkorlarni asossiz moliyaviy jazolardan himoya qilish va jarimalarni to‘lash tartibini yengillashtirishga qaratilgan.
Loyihada moliyaviy jarimani to‘lashning ikki usuli nazarda tutilgan:
Jarima to‘g‘risidagi qaror topshirilganidan keyin bir oy ichida summaning 50 foizini ixtiyoriy to‘lab, qolgan qismidan ozod bo‘lish;
Jarimani olti oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
Shuningdek, moliyaviy jarima solish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, noqonuniy undirilgan mablag‘lar qaytarilishi belgilanmoqda.
Qaytarish kechiktirilgan taqdirda, Markaziy bank asosiy stavkasining 300 dan biri miqdorida foiz to‘lash tartibi nazarda tutilgan.
Masalan, amaldagi 14 foizlik asosiy stavka bo‘yicha 1 million so‘mni qaytarish kechiktirilsa, har bir kun uchun qariyb 467 so‘m, 30 kun uchun esa 14 ming so‘m foiz to‘lanadi.
Qonun loyihasida moliyaviy sanksiyalarni qo‘llashning yagona tartibini belgilash va ular ustidan shikoyat qilish mexanizmlarini takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, moliyaviy jarimaning yarmini bir oy ichida to‘lash yoki uni olti oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati Prezidentning aprel oyidagi qaroriga muvofiq 2026-yil 1-oktabrdan joriy etilgan.
Prezident oboznachil prioriteti po vivodu predprinimatelstva na noviy uroven  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Tadbirkorlar uchun kredit yengilliklari, imtiyozlar va tekshiruvlarga moratoriy e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0