O‘zbekiston aholisining haqiqiy soni joriy statistikadan ko‘proq chiqdi

© Sputnik / Baxrom XatamovOsenniy Tashkent
Osenniy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2026
Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasi buning sababini tushuntirdi.
TOShKENT, 13 noya – Sputnik. 2026-yil 15-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 39 047 321 kishini tashkil etdi. Bu 2026-yil 1-yanvar holatiga aholi sonining joriy hisobidan 810,6 ming kishi yoki 2,1 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning yakuniy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, farq aholi sonini tug‘ilish, o‘lim va migratsiya bo‘yicha ma’muriy ma’lumotlar asosida yuritilgan joriy hisobni yalpi ro‘yxatga olish natijalari bilan aniqlashtirish orqali yuzaga kelgan.
Aholining 50,6 foizini erkaklar, 49,4 foizini ayollar tashkil etdi. Shahar joylarda 21 276,7 ming kishi yoki jami aholining 54,5 foizi, qishloq joylarda esa 17 770,6 ming kishi yoki 45,5 foizi istiqomat qiladi. Mehnatga layoqatli yoshdagilar ulushi 55,7 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 32,0 foizni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 12,3 foizni tashkil etdi.
15 yosh va undan katta aholining 90,7 foizi kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega. Shundan, oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega bo‘lganlar — 3 271,1 ming kishi, o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lganlar — 9 737,2 ming kishi, umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganlar esa 11 626,5 ming kishini tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 15-yanvardan 28-fevralgacha o‘tkazildi.
Lyudi gulyayut v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2026
O‘zbekiston aholisi 40 millionga yaqinlashmoqda — yangi raqamlar
Yangiliklar lentasi
0