O‘zbekiston aholisi 40 millionga yaqinlashmoqda — yangi raqamlar

© Sputnik / Baxrom XatamovLyudi gulyayut v sentre Tashkenta
Lyudi gulyayut v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aholisi 39,5 milliondan oshdi. 40 millionlik marraga 465 ming kishi qoldi, eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida yashaydi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39 535 225 kishiga yetdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Aholini ro‘yxatga olish natijalari hisobga olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 40 millionlik marraga yetish uchun yana 464 775 kishi kerak.
So‘nggi bir yilda aholi soni 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.
Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi — 4,46 mln kishi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (4,29 mln), Toshkent (3,8 mln), Qashqadaryo (3,75 mln) va Andijon (3,57 mln) viloyatlari joylashgan.
Poytaxtning o‘zida 3,28 mln kishi yashaydi. Toshkent shahri va viloyati aholisining umumiy soni esa 7 milliondan oshgan.
Umuman, mamlakatning sakkizta hududida aholi soni 3 milliondan yuqori.
Qolgan hududlarda aholi soni quyidagicha:
Qashqadaryo viloyati — 3 746 228 kishi;
Andijon viloyati — 3 574 464 kishi;
Toshkent shahri — 3 278 512 kishi;
Namangan viloyati — 3 190 767 kishi;
Surxondaryo viloyati — 3 030 030 kishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 166 044 kishi;
Xorazm viloyati — 2 162 068 kishi;
Buxoro viloyati — 2 125 129 kishi;
Jizzax viloyati — 1 545 176 kishi;
Navoiy viloyati — 1 196 559 kishi;
Sirdaryo viloyati — 965 421 kishi.
Lyudi gulyayut v parke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2026
O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshdi
Yangiliklar lentasi
0