O‘zbekiston va Belarus AES xavfsizligi uchun mutaxassislar tayyorlaydi

© Press slujba MChSGlavi MChS Uzbekistana i Belarusi podpisali plan sotrudnichestva na 2026–2027 godi
Glavi MChS Uzbekistana i Belarusi podpisali plan sotrudnichestva na 2026–2027 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Belarus AES xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kelishdi. Qutqaruvchilar ham o‘zaro tajriba almashadi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus atom energetikasi obyektlarida yadroviy, radiatsiyaviy va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov va uning belaruslik hamkasbi Vadim Sinyavskiy 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzoladi.
Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:
atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligi bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash;
yadroviy, radiatsiyaviy va yong‘in xavfsizligi sohasida hamkorlik qilish;
Belarusning "ZUBR" va O‘zbekistonning "Madad" qutqaruv bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro tashriflar va tajriba almashishni tashkil etish.
Mazkur kelishuv O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi qurilayotgan bir paytda imzolandi. Jizzax viloyatidagi AES loyihasi 2026-yil 4-iyunda qurilishning faol bosqichiga o‘tgan.
Sentabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev AES qurilishi yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda stansiyani boshqaradigan mutaxassislar bilan bir qatorda radiatsiya xavfsizligi sohasidagi kadrlarni ham oldindan tayyorlash zarurligini ta’kidlagan edi.
Belarus tajribasi
Oktabr oyida Azizbek Ikromov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus AESga tashrif buyurib, stansiyaning xavfsizlik tizimi, xodimlarni tayyorlash jarayoni va favqulodda vaziyatlarga javob qaytaruvchi bo‘linmalar faoliyati bilan tanishgan edi.
Delegatsiya Belarusning "ZUBR" maxsus qutqaruv otradi faoliyatini ham o‘rgangan. Ushbu bo‘linma BMTning INSARAG xalqaro standartlari bo‘yicha og‘ir toifali qidiruv-qutqaruv otradi sifatida tasniflangan.
Qutqaruvchilarni tayyorlashda hamkorlik
Toshkentdagi uchrashuv yakunida yana bir memorandum imzolandi. U Belarus FVV Fuqaro muhofazasi universiteti huzuridagi ixtisoslashtirilgan litsey va O‘zbekiston FVVning "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi o‘rtasida hamkorlikni nazarda tutadi.
Tomonlar o‘quvchilar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, amaliy mashg‘ulotlar hamda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba almashishga kelishdi.
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
O‘zbekiston AES qurishda Belarus tajribasidan foydalanishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0