https://oz.sputniknews.uz/20260721/uzbekistan-aes-belarus-delegatsiya-59162486.html
O‘zbekiston AES qurishda Belarus tajribasidan foydalanishi mumkin
O‘zbekiston AES qurishda Belarus tajribasidan foydalanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Belarus delegatsiyasi Forishdagi AES qurilish maydonini ko‘zdan kechirdi. Mirziyoyev bilan uchrashuvda ekspertlik ko‘magi, kadrlar tayyorlash va oliygohlar o‘rtasida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
2026-07-21T10:02+0500
2026-07-21T10:02+0500
2026-07-21T10:17+0500
belarus
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
o‘zatom
aes
jizzax
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55018475_0:3:1135:641_1920x0_80_0_0_644c6aeb6b34c48e30dba46e82cfe3b0.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Viktor Karankevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini barpo etishda Belarus tajribasidan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar ko‘rsatildi:— bo‘lajak AESni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash;— atom energetikasi sohasi uchun milliy kadrlarni tayyorlash;— O‘zbekiston va Belarus oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish.Shu kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Achilbay Ramatov, Viktor Karankevich, Belarus energetika vaziri Denis Moroz va “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev Forish tumanida barpo etilayotgan integratsiyalashgan AES qurilish maydoniga tashrif buyurdi.Tashrif davomida tomonlar Belarus tajribasidan AESni loyihalashdan tortib, uni qurish va keyinchalik ekspluatatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonlarda foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildi.Shuningdek, atom sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, mutaxassislar o‘rtasida amaliy tajriba almashish va ikki mamlakatning ixtisoslashgan ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260310/lukashenko-uzbekistan-elchi-uchrashuv-56197196.html
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55018475_0:0:1009:756_1920x0_80_0_0_fb69c6835662140e1f1c25f8d34a81c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
belarus, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, o‘zatom, aes, jizzax, jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
belarus, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, o‘zatom, aes, jizzax, jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
O‘zbekiston AES qurishda Belarus tajribasidan foydalanishi mumkin
10:02 21.07.2026 (yangilandi: 10:17 21.07.2026) Belarus delegatsiyasi Forishdagi AES qurilish maydonini ko‘zdan kechirdi. Shu kuni Mirziyoyev bilan stansiyani barpo etishda hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Viktor Karankevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini barpo etishda Belarus tajribasidan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar ko‘rsatildi:
— bo‘lajak AESni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash;
— atom energetikasi sohasi uchun milliy kadrlarni tayyorlash;
— O‘zbekiston va Belarus oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish.
Shu kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Achilbay Ramatov, Viktor Karankevich, Belarus energetika vaziri Denis Moroz va “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev Forish tumanida barpo etilayotgan integratsiyalashgan AES qurilish maydoniga
tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari loyihaning amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarining borishi va stansiya qurilishining asosiy bosqichlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida tomonlar Belarus tajribasidan AESni loyihalashdan tortib, uni qurish va keyinchalik ekspluatatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonlarda foydalanish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Shuningdek, atom sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, mutaxassislar o‘rtasida amaliy tajriba almashish va ikki mamlakatning ixtisoslashgan ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.