Japarov: insofsiz siyosatchilar millatlararo nizoni qo‘zg‘atish rejalarini muhokama qilmoqda

© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanaSadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem "Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki"
Sadir Japarov nagradil ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova pochetnim zvaniyem Narodniy artist Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2026
Obuna bo‘lish
Japarov Qirg‘izistonda prezident saylovi oldidan ayrim siyosiy kuchlar o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida millatlararo to‘qnashuv keltirib chiqarishni rejalashtirayotganidan ogohlantirdi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Ayrim insonfsiz siyosatchilar Qirg‘iziston janubida prezident saylovi oldidan o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida millatlararo nizo keltirib chiqarish rejalarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, unga ayrim siyosatchilar saylovni barbod qilish maqsadida millatlararo nizo qo‘zg‘atish imkoniyatlarini muhokama qilayotgani haqida bir nechta manbadan ma’lumot kelib tushgan.
"Hozircha ular bu haqda gaplashmoqda, xolos. Biroq bu ig‘vogarona rejalar amalga oshirilishi ehtimoli bor", — dedi u.
Qirg‘iziston rahbari millatlararo nizo keltirib chiqarish uchun odamlarning milliy g‘ururiga tegadigan yolg‘on mish-mishlarni tarqatishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
U 1990 va 2010-yillardagi fojiali voqealarni eslatib, o‘shanda o‘zbeklar ham, qirg‘izlar ham halok bo‘lganini ta’kidladi.
Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li bilan qanday bog‘liqlik bor?
Japarov ehtimoliy ig‘vogarliklarni Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga qarshi bo‘lgan ayrim siyosiy kuchlar bilan ham bog‘ladi.
Uning ta’kidlashicha, ba’zi siyosatchilar ushbu strategik loyihaning yakunlanishidan xavotirda. Qirg‘iziston yetakchisi avval Xitoy bilan bog‘liq masalalar orqali norozilik keltirib chiqarishga urinishlar bo‘lganini, endi esa o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida nizo qo‘zg‘atish rejalari muhokama qilinayotganini aytdi.
Japarov fuqarolarga murojaat qildi
Qirg‘iziston rahbari millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarni ig‘vogarona chaqiriqlarga ishonmaslikka va mojarolarga aralashmaslikka chaqirdi.
U ayniqsa 1990 va 2010-yillardagi voqealarni boshidan kechirgan o‘zbek va qirg‘iz oqsoqollariga murojaat qilib, yoshlarga millatlararo to‘qnashuvlarning og‘ir oqibatlarini tushuntirishni so‘radi.
Japarovning ta’kidlashicha, bugun Qirg‘iziston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari ehtimoliy tartibsizliklarni tezda to‘xtatish uchun yetarli imkoniyatlarga ega.
Shu bilan birga, u hatto qisqa muddatli to‘qnashuvlar ham tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelishi mumkinligini ogohlantirdi.
Qirg‘izistonda navbatdagi prezident saylovi 2027-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tadi. Sadir Japarov 10-noyabr kuni ikkinchi muddatga o‘z nomzodini ilgari surish uchun Markaziy saylov komissiyasiga ariza topshirgan.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2026
Prezident Xalqlar do‘stligi kuni tabrigida amalga oshirilgan ishlar va rejalarni ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0