Prezident Xalqlar do‘stligi kuni tabrigida amalga oshirilgan ishlar va rejalarni ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2026
Obuna bo‘lish
Prezident tabrigida millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yangi rejalar sanab o‘tildi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida mamlakatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.
Prezident qayd etganidek, bugun O‘zbekistonda 130 tadan ziyod millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qilmoqda. Millatlararo munosabatlar sohasida 10 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan davlat siyosati konsepsiyasi qabul qilingan.
Mamlakatda 157 ta milliy madaniy markaz va 46 ta do‘stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, bayramlar, festivallar, do‘stlik kechalari va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni yetti tilda olib boriladi. Qardosh tillardagi maktablar davlat hisobidan darsliklar bilan ta’minlanadi. Teleradiokanallarda 12 tilda ko‘rsatuv va eshittirishlar efirga uzatilsa, 14 tilda gazeta va jurnallar nashr etiladi.
Toshkentda milliy madaniy markazlar paviloni va "Bag‘rikenglik bog‘i", hududlarda esa etno va sayyohlik qishloqlari tashkil etilgan. Turli millat vakillarining qariyb 2 ming nafari davlat unvonlari, orden va medallar bilan taqdirlangan.
Prezident, shuningdek, turli millat va elat vakillaridan iborat professional "Do‘stlik" ansamblini tashkil etish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev vruchil gosudarstvennie nagradi na torjestvennoy seremonii po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0