https://oz.sputniknews.uz/20261104/ukraine-korruptsiya-sbu-politsiya-prokuratura-tergov-61749877.html
Ukrainada korrupsiya mojarosi: SBU, politsiya, Bosh prokuraturaning yuqori amaldorlari tergovda
Ukrainada korrupsiya mojarosi: SBU, politsiya, Bosh prokuraturaning yuqori amaldorlari tergovda
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainada NABU SBU, politsiya va Bosh prokuratura idorasi amaldorlariga aloqador korrupsiya sxemasini fosh qilganini bildirdi. Tintuv chog‘ida qurol bilan tahdid qilingan, politsiya xodimlari vazifasidan chetlatilgan.
2026-11-04T18:22+0500
2026-11-04T18:22+0500
2026-11-04T18:22+0500
korrupsiya
ukraina
dunyo yangiliklari
prokuratura
politsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/04/61751019_0:103:1395:888_1920x0_80_0_0_331fd55f0e490d8c9a2f468b50f26d43.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi (NABU) va Ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi prokuratura (SAP) mamlakat Xavfsizlik xizmati (SBU), politsiya va Bosh prokuratura idorasining yuqori lavozimli amaldorlari ishtirokidagi korrupsiya sxemasini fosh qilganini ma’lum qildi.Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi koll-markazlar va boshqa noqonuniy bizneslarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruvidan himoya qilish evaziga mansabdor shaxslarga muntazam pora berib kelgan.SBU amaldorlarining uylarida tintuv4 noyabr kuni NABU xodimlari SBU Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anton Kravchuk va yana bir qator yuqori lavozimli xodimlarning uylarida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda "Ukrainskaya pravda" huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbalariga tayanib xabar berdi.Voqea joyiga SBU maxsus bo‘linmalari ham yetib kelgan. "Ukrainskaya pravda" manbalariga ko‘ra, gap general Sergey Duka haqida ketmoqda.SBU va politsiya qanday munosabat bildirdi?Ukraina Xavfsizlik xizmati o‘z xodimlarida tintuvlar o‘tkazilayotganini tasdiqladi. Idora tergov sud qarorlari asosida olib borilayotganini va unga ko‘maklashayotganini bildirdi.Milliy politsiya esa tergov harakatlari o‘tkazilgan xodimlarni xizmat tekshiruvi davomida vazifalaridan vaqtincha chetlashtirdi.Mazkur korrupsiya ishi "Karfagen" operatsiyasi doirasida o‘rganilmoqda. NABUning avvalgi ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlik koll-markazlarini himoya qilish sxemasini Bosh prokuratura idorasi bo‘linmalaridan birining rahbari tashkil etganlikda gumon qilinmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260823/ukraine-urush-tugatish-59897966.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/04/61751019_152:0:1352:900_1920x0_80_0_0_23a6ea1c735faf4b6406f0583756eb68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
korrupsiya, ukraina, dunyo yangiliklari, prokuratura, politsiya
korrupsiya, ukraina, dunyo yangiliklari, prokuratura, politsiya
Ukrainada korrupsiya mojarosi: SBU, politsiya, Bosh prokuraturaning yuqori amaldorlari tergovda
Ukrainada NABU SBU, politsiya va prokuraturaning yuqori lavozimli amaldorlariga aloqador korrupsiya sxemasini fosh qilganini bildirdi. Tintuv vaqtida qurol bilan tahdid ham qilingan
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi (NABU) va Ixtisoslashtirilgan korrupsiyaga qarshi prokuratura (SAP) mamlakat Xavfsizlik xizmati (SBU), politsiya va Bosh prokuratura idorasining yuqori lavozimli amaldorlari ishtirokidagi korrupsiya sxemasini fosh qilganini ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi koll-markazlar va boshqa noqonuniy bizneslarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruvidan himoya qilish evaziga mansabdor shaxslarga muntazam pora berib kelgan.
SBU amaldorlarining uylarida tintuv
4 noyabr kuni NABU xodimlari SBU Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anton Kravchuk va yana bir qator yuqori lavozimli xodimlarning uylarida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda "Ukrainskaya pravda" huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Tintuvlar davomida keskin vaziyat ham yuzaga keldi. NABU ma’lum qilishicha, SBUning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri detektivlarga o‘qotar qurol ishlatish bilan tahdid qilib, ularni tintuv o‘tkaziladigan joyga kiritmagan.
Voqea joyiga SBU maxsus bo‘linmalari ham yetib kelgan. "Ukrainskaya pravda" manbalariga ko‘ra, gap general Sergey Duka haqida ketmoqda.
SBU va politsiya qanday munosabat bildirdi?
Ukraina Xavfsizlik xizmati o‘z xodimlarida tintuvlar o‘tkazilayotganini tasdiqladi. Idora tergov sud qarorlari asosida olib borilayotganini va unga ko‘maklashayotganini bildirdi.
Milliy politsiya esa tergov harakatlari o‘tkazilgan xodimlarni xizmat tekshiruvi davomida vazifalaridan vaqtincha chetlashtirdi.
Mazkur korrupsiya ishi "Karfagen" operatsiyasi doirasida o‘rganilmoqda. NABUning avvalgi ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlik koll-markazlarini himoya qilish sxemasini Bosh prokuratura idorasi bo‘linmalaridan birining rahbari tashkil etganlikda gumon qilinmoqda.