https://oz.sputniknews.uz/20261111/tdiu-talabalar-tanlov-golib-61927962.html
TDIU talabalari robot loyihasi bilan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
TDIU talabalari robot loyihasi bilan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining VISION X jamoasi to‘qimachilik sanoatiga mo‘ljallangan robot-manipulyator loyihasi bilan "RoUzvitie — 2026" xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar taqdirlandi.
2026-11-11T13:05+0500
2026-11-11T13:05+0500
2026-11-11T13:19+0500
rossiyadagi elchixona
robot
talabalar
musobaqa
tanlov
botirjon asadov
rossiya
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0b/61926485_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_b01df6907ba7895196c871daeb3c28c9.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) talabalarining VISION X jamoasi "RoUzvitie — 2026" xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Jamoa "To‘qimachilik sanoati uchun robot-manipulyator" loyihasi bilan Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi "Triolita" jamoasi bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi.Ikkinchi o‘rinni Sankt-Peterburg politexnika universiteti va Andijon davlat texnika instituti talabalaridan tashkil topgan "Andijon ekspressi" birlashgan jamoasi qo‘lga kiritdi.Uchinchi o‘rin G. R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetining "Delta" hamda Rossiya TIV huzuridagi MGIMO Diplomatiya akademiyasining "Zolotoy vek" jamoalariga nasib etdi.Tanlovning maqsadi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Uning tashkilotchisi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasidir. Talabalar jamoalari uchun aniq amaliy vazifalarni shakllantirgan biznes vakillari tanlov hamkorlari bo‘lishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260721/uzbekistan-talabalar-aes-loyiha-tanlov-golib-59166068.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/0b/61926485_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_309424c100691c47cbd5b001686dbec4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyadagi elchixona, robot, talabalar, musobaqa, tanlov, botirjon asadov, rossiya, o‘zbekiston, jamiyat
rossiyadagi elchixona, robot, talabalar, musobaqa, tanlov, botirjon asadov, rossiya, o‘zbekiston, jamiyat
TDIU talabalari robot loyihasi bilan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
13:05 11.11.2026 (yangilandi: 13:19 11.11.2026) TDIU talabalari to‘qimachilik sanoati uchun robot-manipulyator loyihasi bilan "RoUzvitie — 2026" xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) talabalarining VISION X jamoasi "RoUzvitie — 2026" xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Jamoa "To‘qimachilik sanoati uchun robot-manipulyator" loyihasi bilan Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi "Triolita" jamoasi bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi.
"Robotlar har bir zavodga moslashtiriladi, ya’ni robotlarimiz qaysi zavodga o‘rnatilsa, o‘sha yerda ishlaydi. Ular joy tanlashmaydi. Biz O‘zbekistonda robotlardan, birinchi navbatda, odamlar uchun xavfli hududlarda foydalanishga, zavodlarni avtomatlashtirishga, inson omilini imkon qadar kamaytirishga intilamiz. Bu bizning asosiy maqsadimizdir", — dedi VISION X jamoasi sardori, TDIU magistraturasining 2-bosqich talabasi Bahodir Isroilov.
Ikkinchi o‘rinni Sankt-Peterburg politexnika universiteti va Andijon davlat texnika instituti talabalaridan tashkil topgan "Andijon ekspressi" birlashgan jamoasi qo‘lga kiritdi.
Uchinchi o‘rin G. R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetining "Delta" hamda Rossiya TIV huzuridagi MGIMO Diplomatiya akademiyasining "Zolotoy vek" jamoalariga nasib etdi.
Rossiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining g‘olib jamoalariga mukofotlarni Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi rektori Vittoriya Idrisova va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov topshirdi.
Tanlovning maqsadi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Uning tashkilotchisi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasidir. Talabalar jamoalari uchun aniq amaliy vazifalarni shakllantirgan biznes vakillari tanlov hamkorlari bo‘lishdi.