https://oz.sputniknews.uz/20260721/uzbekistan-talabalar-aes-loyiha-tanlov-golib-59166068.html
O‘zbekistonlik talabalarning AES bo‘yicha loyihasi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonlik talabalarning AES bo‘yicha loyihasi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Olmaliq davlat texnika institutining “O‘zAdro” jamoasi Rossiyadagi xalqaro xakatonda g‘olib bo‘ldi. Talabalar O‘zbekistonda barpo etilayotgan AES samaradorligini oshirishga qaratilgan g‘oyalarni taqdim etdi.
2026-07-21T11:38+0500
2026-07-21T11:38+0500
2026-07-21T11:38+0500
rossiya
otm
ta’lim
talabalar
tanlov
loyiha
jamiyat
o‘zbekiston
olmaliq shahri
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59165251_0:38:1277:756_1920x0_80_0_0_29a9968f3ac7b92e4f2978c33d55c9d7.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Olmaliq davlat texnika instituti talabalarining AES samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihasi Rossiyadagi xalqaro xakatonda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda ODTI matbuot xizmati xabar berdi.Institutning konchilik ishi va metallurgiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari Sibir federal universitetida o‘tkazilgan “Yozgi universitet – 2026” xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etdi.Dasturga O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Braziliya, Misr, Chili va boshqa davlatlardan jami 430 nafar talaba jalb qilindi.ODTI vakillari “Tog‘-kon va metallurgiya majmuasida raqamli transformatsiya” kursida geoaxborot tizimlari, raqamli modellashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalari va texnologik jarayonlarni simulyatsiya qilish yo‘nalishlarini o‘rgandilar.Shuningdek, talabalar ProCAST va DEFORM-3D dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini egalladi.Jamoa final bosqichiga chiqib, xalqaro ekspertlar tomonidan “Eng ilg‘or loyiha” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.Ishtirokchilar RUSALning Krasnoyarsk alyuminiy zavodi, “Krassvetmet” korxonasi va Krasnoyarsk gidroelektr stansiyasida bo‘lib, raqamli boshqaruv, avtomatlashtirish, ekologik xavfsizlik va energiya samaradorligi bo‘yicha yechimlar bilan ham tanishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260406/misis-olmaliq-filial-russia-tsifra-memorandum-56732122.html
o‘zbekiston
olmaliq shahri
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59165251_109:0:1168:794_1920x0_80_0_0_3b5454ee342445f576272c2b9ae491e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, otm, ta’lim, talabalar, tanlov, loyiha, jamiyat, o‘zbekiston, olmaliq shahri
rossiya, otm, ta’lim, talabalar, tanlov, loyiha, jamiyat, o‘zbekiston, olmaliq shahri
O‘zbekistonlik talabalarning AES bo‘yicha loyihasi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
ODTI talabalarining O‘zbekistonda qurilayotgan AES samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihasi xalqaro xakatonda “Eng ilg‘or loyiha” deb topildi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Olmaliq davlat texnika instituti talabalarining AES samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihasi Rossiyadagi xalqaro xakatonda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda ODTI matbuot xizmati xabar berdi.
Institutning konchilik ishi va metallurgiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari Sibir federal universitetida o‘tkazilgan “Yozgi universitet – 2026” xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etdi.
Dasturga O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Braziliya, Misr, Chili va boshqa davlatlardan jami 430 nafar talaba jalb qilindi.
ODTI vakillari “Tog‘-kon va metallurgiya majmuasida raqamli transformatsiya” kursida geoaxborot tizimlari, raqamli modellashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalari va texnologik jarayonlarni simulyatsiya qilish yo‘nalishlarini o‘rgandilar.
Shuningdek, talabalar ProCAST va DEFORM-3D dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini egalladi.
Dastur doirasida innovatsion loyihalar bo‘yicha xalqaro xakaton ham o‘tkazildi. Unda ODTI talabalaridan iborat “O‘zAdro” jamoasi O‘zbekistonda barpo etilayotgan atom elektr stansiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan g‘oyalarini taqdim etdi.
Jamoa final bosqichiga chiqib, xalqaro ekspertlar tomonidan “Eng ilg‘or loyiha” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Ishtirokchilar RUSALning Krasnoyarsk alyuminiy zavodi, “Krassvetmet” korxonasi va Krasnoyarsk gidroelektr stansiyasida bo‘lib, raqamli boshqaruv, avtomatlashtirish, ekologik xavfsizlik va energiya samaradorligi bo‘yicha yechimlar bilan ham tanishdi.