https://oz.sputniknews.uz/20261111/talim-tibbiyot-mahalla-farmon-61921849.html
Ta’lim, tibbiyot, mahalla va xotin-qizlar huquqi: yangi farmon qabul qilindi
Ta’lim, tibbiyot, mahalla va xotin-qizlar huquqi: yangi farmon qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Farmonda tibbiyot xarajatlarini YaIMning 5 foiziga yetkazish, ta’lim, mahalla va sud-huquq sohalaridagi vazifalar belgilandi. 11.11.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-11-11T10:49+0500
2026-11-11T10:49+0500
2026-11-11T11:29+0500
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
maktabgacha ta’lim
maktab
sog‘liq
mahalla
yangi qonun
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/17/52906771_0:87:920:605_1920x0_80_0_0_1b33a5deca06cc275c17852b35c0fe2f.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sud-huquq tizimi va mahallalar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi. Bu prezidentning 10-noyabrdagi PF-242-son farmonida nazarda tutilgan.Ta’lim sohasida 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun amaldagi imtiyozlarni saqlab qolish belgilandi.Shuningdek, barcha umumta’lim maktablari bosqichma-bosqich xalqaro baholash dasturlariga jalb qilinadi. Kamida 10 ta oliy ta’lim tashkilotini nufuzli xalqaro reytinglarning top-1000 taligiga kiritish, 10 mln nafar yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qilish rejalashtirilgan.Shuningdek, kasalliklarning oldini olishga ustuvor ahamiyat beruvchi tibbiyot modeliga o‘tish hamda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasiga dunyoning kamida 5 ta nufuzli klinikasini jalb qilish rejalashtirilgan.Sud mustaqilligi va qonun ustuvorligi sohasida huquqiy savodxonlikni maktabdan boshlab tizimli ravishda oshirish, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralarini kuchaytirish belgilandi.Shuningdek, xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kamsitilishiga qarshi kurashni kuchaytirish nazarda tutilgan.Mahallalar faoliyatida davlat dasturlarini aholining talab va ehtiyojlari asosida shakllantirish belgilandi.Milliy dasturlarning asosiy maqsadlari aholining sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish hamda yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev avgust oyida mamlakatda inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dastur amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260930/pedagog-maktab-bogcha-ozgarish-60851167.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/17/52906771_56:0:875:614_1920x0_80_0_0_aa37141fcb4cf7f1bb357cfa128524ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim, maktab, sog‘liq, mahalla, yangi qonun, jamiyat, o‘zbekiston
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim, maktab, sog‘liq, mahalla, yangi qonun, jamiyat, o‘zbekiston
Ta’lim, tibbiyot, mahalla va xotin-qizlar huquqi: yangi farmon qabul qilindi
10:49 11.11.2026 (yangilandi: 11:29 11.11.2026) Farmonda tibbiyot xarajatlarini YaIMning 5 foiziga yetkazish, ta’lim, mahalla va sud-huquq sohalaridagi vazifalar belgilandi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sud-huquq tizimi va mahallalar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi. Bu prezidentning 10-noyabrdagi PF-242-son farmonida
nazarda tutilgan.
Ta’lim sohasida 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun amaldagi imtiyozlarni saqlab qolish belgilandi.
Shuningdek, barcha umumta’lim maktablari bosqichma-bosqich xalqaro baholash dasturlariga jalb qilinadi. Kamida 10 ta oliy ta’lim tashkilotini nufuzli xalqaro reytinglarning top-1000 taligiga kiritish, 10 mln nafar yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qilish rejalashtirilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasida aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga yetkazish belgilandi.
Shuningdek, kasalliklarning oldini olishga ustuvor ahamiyat beruvchi tibbiyot modeliga o‘tish hamda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasiga dunyoning kamida 5 ta nufuzli klinikasini jalb qilish rejalashtirilgan.
Sud mustaqilligi va qonun ustuvorligi sohasida huquqiy savodxonlikni maktabdan boshlab tizimli ravishda oshirish, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralarini kuchaytirish belgilandi.
Shuningdek, xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kamsitilishiga qarshi kurashni kuchaytirish nazarda tutilgan.
Mahallalar faoliyatida davlat dasturlarini aholining talab va ehtiyojlari asosida shakllantirish belgilandi.
Endilikda mahallalarning buyurtmalari yuzasidan 30 kun ichida asoslantirilgan qaror qabul qilish tartibi joriy etiladi.
Milliy dasturlarning asosiy maqsadlari aholining sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish hamda yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev avgust oyida mamlakatda inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dastur amalga oshirilishini ma’lum qilgan edi.